Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik


Download 24.98 Kb.
bet9/9
Sana15.11.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1774283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Metodika4

Xalq hunarmandchiligining ayrim nodir kasblarini o‘rgatish uchun usta-shogird eski ota o‘gil, ona-qiz shakllaridan foydalaniladi. Bunday mashg‘ulotlarni tegishli xalq ustalari bilan maktab o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida tashkil qilinadi. Dasturdagi texnologiya yunalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobiga olingan holda o‘qituvchi tomonidan hal qilinadi.

4. (10-11) sinf kasbiy tayyorgarlik mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 868-sonli qarori 24 oktabr kuni qabul qilindi. Qaror umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta‘limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati, ular bilan ta’minlash dasturi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv xonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlangan

2 . O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash 2018-2020 yillarda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini zarur jihozlar bilan ta’minlash dasturida nazarda tutilgan paramentlarni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring yuritilishini va zarurat bo‘lganda majmualarni jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borilishi ta‘minlaydi. Bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim muasasasini tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma bilan bilan birga majmuada o‘rnatilgan kasblar bo‘yicha diplom beriladi.

Nazorat uchun savollar:

  • Texnologiya ta’limi yo‘nalishlar bo‘yicha qanaqa talablarni qo‘yadi?
  • 1-4 sinflarning tayyorgarlik darjasini ayting.
  • 5-9 sinflarni umumiy tayyorgarlik bilan birga qanday vazifalar amalga oshiriladi?
  • 10-11 sinflar kasbiy tayyorgarligini o‘tashi to‘g‘risida ma’lumot bering.

Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling