Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik
Download 24.98 Kb.
|
Metodika4
O‘quvchilarning turli kasblar buyicha mehnat jarayonlari va kasb egalari bilan yaqindan tanishlarini amalga oshirish ushin korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, tashkilotlar, muassasalar bilan doimiy aloqa o‘rnatish. Rasmiy hujjatlar: me’yoriy rejalashtiruvchi hujjatlar, uustoxanada xavfsizlik texnikasi, sanitaraya-gigiyena va birinshi tibbiy yerdam ko’rsatish qoidalariga doir hujjatlarni yaratish. Uslubiy vazifalar. Mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish. Bunda mahaliy shart-sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniatlarni hisobga olgan holda, kasblar tasnifi asosida, o‘quvchilarni yakindan tanishtirish mumkin bo‘lgan kaslar turlarini tanlash. Og‘il va qiz bolalarning o‘zlariga mos mehnat mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarni amalga oshirib borish. Mashg‘ulotlarda zamanoviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangi didiaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’limi va tarbiyasining birligini ta’minlash.O‘quvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatsevarlikni shakllantirish. Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jixatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish. O‘uvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini reyting tizimi asosida nazorat qilib borish. Maktabda texnologiya ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘naltirish jarayonini tashkil qilish hamda uni amalga oshirishda pedagogika, didaktika, psixologiya, fiziologiya, xususiy metodika va maxsus fanlarning ilmiy xulosalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlar mavzui amaliyot bilan, o‘quv mavzusini tarbiyaviy muammolarni hal qilish bilan uyg‘unlashtirilgan holda bo‘lishini ta’minlash. Mazkur o‘quv dasturi asosida olib borilgan o‘quv tarbiya ishlari natijalarini, o‘quvchilarning o’zlashtirishlarini aniqlash va nazorat kilish Davlat ta’lim standarti asosida amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 5-9 sinflarida o‘quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo‘lsa, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq bo‘lsa, texnologiya ta’limi darslari shu holda olib boriladi.Download 24.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling