Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi ham albatta amalga oshiriladi. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir. Abu Rayxon Beruniy Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni mehnat tumori bilan beza. Alisher Navoiy Sen avvalo mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan. Imom al-Buxoriy 5-9 sinflarlarda quyidagi yo‘nalishlar asosida mashg‘ulot jarayonlari olib boriladi. (5-7) sinflarda Texnologiya va dizayn yo‘nalishi - Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi.
- Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi.
- Metallga ishlov berish texnologiyasi.
- Elektrotexnika ishlari.
- Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
Servis xizmati yo‘nalishi - Pazandachilik asoslari.
- Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.
- Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
(8-9) sinflarda Texnologiya va dizayn yo‘nalishi - Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
- Elektronika asoslari.
- Kasb tanlashga yo‘naltirish.
Servis xizmati yo‘nalishi - Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
- Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
- Kasb tanlashga yo‘naltirish.
Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9 sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi. Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo‘yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo‘linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg‘ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarining aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |