Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik


Download 24.98 Kb.
bet7/9
Sana15.11.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1774283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Metodika4

Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9 sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi. Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo‘yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo‘linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg‘ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarining aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishini ta‘minlaydi.

Texnologiya ta’limining yo‘nalishlari maktab atrofidagi karxona, tashkilot va kasb-hunar kolledjlarida keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko‘ra har bir maktabda texnologiya ta’limining quyidagi yo‘nalishlari asos qilib olinishi mumkin:

- yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi

  • metalga ishlov berish texnologiyasi
  • polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi
  • elektrotexnika ishlari
  • gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
  • ro‘zg‘orshunoslik asoslari
  • pazandachilik asoslari
  • xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

5-7 sinflarda ushbu yo‘nalishlardan ayrimlari tanlanadi va 8-9 sinflarda shu tanlangan yo‘nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish asoslari va kasbga yo‘naltirish kursi o‘qitiladi. Ushbu yo‘nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bulimlar bo‘yicha o‘zaro uyg‘unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Texnologiya ta’limi darslarida o‘quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiejlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi.

O‘quvchilarning texnologiya ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim. Tashkiliy vazifalar. Texnologiya ta’limi bo’yicha nazariy mash‘ulotlar uchun o‘quv xonasi va amaliy mash‘ulotlar uchun ustaxona tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish. O‘quvchilarni mashg‘ulotlar uchun zarur xom ashyo, material, asbob-uskinalar bilan ta’minlash hamda moslamalar, mexanizmlar, stanoklar bilan amaliy ishlash jarayonini tashkil qilish. Sanitariyagigiyena hamda mehnat xavsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish.


Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling