Mavzu: №1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati


Download 49.96 Kb.
bet1/3
Sana26.09.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1688308
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: №1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati.
Reja:
1. Til tafakkur quroli va muomala vositasi ekanligi.
2.Bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalshda ona tilining roli.
3.Maktabgacha tarbiya muassasalarida bola nutqini rivojlantirish.
Til jamiyatda kishilarning bir-birlari bilan aloqa bog’lashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari uchun muhim vositasidir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy xodisa hisoblanadi.
Odamlar til vositasida fikr almashadilar. Til jamiyat hayotida katta rol o’ynaydi. Til va nutq bir-biri bilan chanbarchas bog’liqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi:
Kommunikativ;
Bilish;
Tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolaning ilk bor aytgan so’zidir. Keyinchalik bu so’z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o’sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani – bilish vazifasini bajara boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so’z –bu mumkin, mumkin emas hamda buyruq fe’li shaklidagi ye, bor kabi so’zlar bo’lib qoladi.
Bola ona tilini o’zlashtiri bilan birga, shu tilda samimiy murojaat etish shakllarini o’rganib oladi. Kichik yoshdagi bolalar hali bu so’zlarning ma’nosini tushunishmaydi. Avval ular qahramonlari o’zlarining mehnatsevarlik, oliyjanoblik, mehribonlik, rostgo’ylik. Sadoqat kabi sifatlarini namoyon etadigan xalq ertaklarini, she’r, hikoya, masal va hakozolarni tinglaydilar. Keyin esa o’zlari ham ana shunday axloqiy fazilatlarga ega bo’lishni orzu qiladilar.
Demak, ona tili bolaga birinchi estetik go’zallik darsini ham beradi. Qo’shiq, hazil-mutoyibalar, so’z o’yinlari, she’rlar aytib berish, ertaklar hikya qilib berish jarayonida ham bolalarda go’zallikka intilish, undan g’ururlanish hissi vujudga keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida nutq o’stirish uslubiyoti quyidagi savollarga javob beradi:
Nimaga o’rgatish kerak;
Qanday o’rgatish kerak;
Nima uchun huddi shunday o’rgatish kerak.
Bolalar bog’chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha quyidagi maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi:
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqini o’stirish, boyitish;
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish;
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
So’zlashuv nutqini shakllantirish;
Hikoya qilishga o’rgatish;
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
Bolalarni savodga o’rgatish.
Ushbu vazifalar har bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko’ra quyidagicha taqsimlangan. Birinch va ikkinchi kichik guruhlarda:
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqini o’stirish, boyitish;
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish;
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
So’zlashuv nutqini shakllantirish;
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
O’rta va katta guruhlarda:
1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqini o’stirish, boyitish;
2.Nutqning grammatik tomonini shakllantirish;
3.Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
4.So’zlashuv nutqini shakllantirish;
5.Hikoya qilishga o’rgatish;
6.Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Til nima?
2. Bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalshda ona tilining roli qanday?
3.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda qanday vazifani bajaradi?
4. Nutqning kommunikativ vazifasi deganda nimani tushunasiz?
5. Nutqning bilish vazifasini tushuntirib bering.
6.Nutqning tartibga soluvchi vazifasi nima?
7. Maktabgacha ta’lim muassasalarida nutq o’stirish uslubiyoti qanday savollarga javob beradi?
8. Bolalar bog’chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha qanday maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Nutq o’stirish (Bolalar bog’chalari uchun she’r va topishmoqlar to’plami) –Tosh.
2.O’. Otavaliyeva . Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi. T. O’qituvchi. 1994.
3.L.R.Mo’minova. Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o’rgatish dasturi. T. 1996.
4. “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
5. “Oʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil.
6. Q. Shodiyeva. Nutq o’stirish uslubiyoti.T. O’qituvchi.
7. Babayeva D.R. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi.(Darslik). - Т.: «Barkamol fayz media», 2018

Internet manbalari.


www. adabiyot.zn.uz.


2. http://www.ziyonet.uz.
3.http://referat.arxiv.uz


Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling