Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Buyraklarning qon bilan ta’minlanishi


Download 176.93 Kb.
bet71/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Buyraklarning qon bilan ta’minlanishi Buyrak aortaning eng katta tarmog‘i-buyrak arteriyasi orqali qon oladi. Bu arteriya buyrakda turli kichik tarmoqlarga qonni koptokchalarga yetkazib beradigan keltiruvchi arteriallarga bo’linadi. Keltiruvchi arteriolalar o lz navbatida birinchi kapillyarlar turiga bo’linadi. Bir qancha koptokcha tomirlarining kapillyarlari birlashtirib, chiqaruvchi arteriolalarni tashkil etadi. Chiqaruvchi arteriolalarning diametri keltiruvchi arterioialarga nisbatan kamida 2 karat kichikroq bo’ladi. Chiqaruvchi arteriola yana koptochkani o’rab oladigan kapillyarlarga boiinib, ikkinchi_kapillyarlar turini tashkil etadi. Shunday qilib, buyraklar uchun ikki kapillyarlar to‘ri xarakterli ekan;
1) koptokcha kapillyarlar to‘ri;
2) buyrak kanalchalarini o‘rab oladigan kapillyarlar turi.
Arterial kapillyarlar venoz kapillyarlariga o’tib, umumiy vena tizimiga qo‘shiladi va qon pastki kovak venaga o‘tadi. Koptokchalar kapillyarlarida qon bosimi tananing hamma kapillyarlariga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. U 9,322-11,299 kPa (70-90mm sim. ustuni)ga teng bo’lib, aorta qon bosimining 60-70% ni tashkil etadi. Buyrak kanalchalarini o‘rab olgan kapillyarda esa qon bosimi ancha past-2,67-5,33 kPa (20-40 mm simob ustuni)ga teng.
Buyraklar orqali 5 daqiqa davomida 5-6 1 qon o‘tadi. bir kecha-kunduz davomida esa 1000-1500 1 qon o‘tadi. Buyraklarda qonning bu miqdori organizmda kerak boimay qolgan moddalarni, organizm uchun zaharli moddalarni to’liq chiqarishi uchun muhim vazifani bajaradi. Buyrakning limfa tomirlari qon tomirlari bilan birgalikda buyrak darvozasi oldida buyrakning arteriyasi va venasini o‘rab oladigan chigalni tashkil qiladi. Buyraklar o’ziga xos innervatsiyalanadi. Ularning innervatsiyasi (efferent tolalari) simpatik asablar (qorin tarmoqi asabi) orqali boshqariladi. Parasimpatik innervatsiya (adashgan asablar) katta hal qiluvchi rol o’ynamaydi. Buyraklarda retsepeptor apparat mavjud. Undan afferent (sezuvchi) tolalar simpatik asablar tarkibida chiqadi.
Buyrakni o’rab turuvchi kapsulada ham ko‘p miqdorda retseptorlar va asab tolalari topilgan.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling