Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siydik hosil bo’lish mexanizmi
Yukstaglomerular kompleks Qon olib keluvchi arteriolaning koptokchaga kiradigan joyidagi devori qalin tortgan, buj oy mioepiteliy hujayralaridan tuzilgan bo’lib, yukstaglomerular (koptokcha oldi) kompleksi deb ataladi. Bu kompleks hujayralari ichki sekretsiya funksiyasini o’ynab, biologik faol modda-renin ishlab chiqaradi. Yukstaglomerular kompleksi suv-tuz almashinuvining boshqarilishida va arterial qon bosimni doimiy saqlab turishi uchun xizmat qiladi .
Renin sekretsiyasi qon miqdori va birlamchi siydikda natriyning miqdoridan bog’liq. Buyraklarga qon oqib kelishining kamayishi va undagi natriy tuzlari miqdorining kamayishi natijasida renin sekretsiyasi oshadi. Buyrakning ba’zi bir kasalliklari oqibatida unda renin miqdori oshib ketib, arterial qon bosimining ko‘tarilishiga va suv - tuzlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Siydik hosil bo’lish mexanizmi Siydik buyraklarda oqayotgan qon plazmasidan hosil bo’lib nefronning murakkab faoliyati hisoblanadi. Hozirgi zamonda siydikning hosil bo’lish mexanizmlari oxirgacha o’rganib chiqilmagan. Lekin bu jarayonning ikki davri: filtratsiya (ultratfiltrasiya) va reabsorbsiya (qayta so‘rilish) aniqlangan. Koptokchalardagi filtratsiya 1844 yildayoq K.Ludvig o‘z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo‘lish jarayoni koptokchalarning kapillyarlari devori orqali ro‘y beradigan filtratsiyadan va kanalchalarda го‘у beradigan reabsorbsiya (ya’ni qayta so‘rilish)dan iborat deb faraz qilgan. Keyinchalik A.Keshich bu taxminni rivojlantirib, siydik hosil bo‘lishining fiitratsiya-reabsorbsiya nazariyasini ta’riflab bergan. Bu nazariya hozirgi tasavvurlarga asos bo‘ldi va ко‘р eksperimentlarda tasdiqlandi. Hozirgi nazariyalarga ko‘ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 ml qon, ya’ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20- 25% i o‘tadi. Odam buyraklarining umumiy massasi 0.43% ni tashkil etib, buyraklar po‘stlog‘i qavati orqali 91-93% qon o’tib, qolgan qismi esa uning mag‘iz qavatidan o‘tadi. Qon plazmasidan Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yuqori molckulali birikmalardan tashqari) filtrlanib o’tadi. Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ro’yobga chiqadi. Bu filtr diametri taxminan 100 A° (angstrema) gacha bo‘lgan molekulalarni o‘tkazadi. Molekulyar og‘irligi 70000 dan ortiq bo‘lgan kattagina molekulalar bu filtrdan o‘tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekular og‘irligi 160000 dan ortiq) kabi oqsillar filtratdan o‘tmaydi. Molekular og‘irligi uncha kata bo‘lmagan ba’zi yot oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o’tib, siydik bilan chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekular og‘irligi 70000) filtratga juda oz o‘tadi. Tomirlari ichida gemoliz bo‘lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o’tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aminokislotalar) koptokcha filtridan bemalol o‘tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya’ni birlamchi siydikdia hosil bo‘ladi. Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta’minlanishi, koptokcha kapillyarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi qon bosimi yuqori ekanligidan bog‘liq» Kanalchalardagi reabsorbsiya Organizmdan chiqarib tashlanadigan siydik kapsulalarda hosil bo‘ladigan birlamchi siydikka qarama-qarshi oiaroq oxirgi siydik deb ataladi. Bu siydik o‘z tarkibiga ko‘ra birlamchi siydikdan katta farq qiladi. Oxirgi siydikda qand, aminokislotalar va ba’zi bir tuzlar boimaydi, ammo siydikchil konsentratsiyasi juda ortiq bo’ladi Siydik birlamchi va ikkilamchi burama kanalchalardan о’tar ekan, shu kanalchalar devorini qoplovchi hujayralar suv, qand, aminokislotalarni va ba’zi bir tuzlarni qaytadan zo.‘r berib so‘rib oladi. Birlamchi siydikdan so‘rilgan barcha moddalar kanalchalar alrofidagi kapillyarlarning venoz qismiga o‘tadi. Siydikchil, kreatinin va sulfatlar qaytadan so‘rilmaydi. Suv, qand, aminokislotalar va ba’zi bir tuzlar burama kanalchalardagina emas, Gcnle qovuzlog‘ida ham qaytadan so‘riladi. Suv va unga erigan bir qancha moddalar kanalchalarida qaytadan so’rilish jarayoni reabsorbsiya deyiladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yo‘llari orqali qovuqqa tushadi va so‘ngra organizmdan chiqarib yuboriladi. Bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan 170 litr koptokcha filtratidan faqat 1-1,5 litri oxiri (definitiv) siydik shaklida ajralib chiqadi. Suyuqlikning qolgan qismi va unda erimagan moddalarning anchaginasi kanalchalarda so‘rilib, buyrakning to‘aima suyuqligiga va qonga o‘tadi. Bir qancha moddalarning- qaytadan so‘rilishi ularning qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Masalan, qon plazmasidagj glukoza konsentratsiyasi 150-180 mg % dan oshmasa, bu modda to‘la reabsorbsiyalanadi. Plazmadagi glukoza konsentratsiyasi 150-180 mg% ortib ketsa, to ia reabsorbsiyalanmaydi va bir qismi siydikka o’tadi (glikozuriya). Turli moddalarning qayta so‘rilish (reabsorbsiya) mexanizmi turlicha. Masalan, natriy, glukoza, aminokislotalar va boshqa ba’zi moddalar faol hayot jarayonlari natijasida so‘riladi. Suv, xloridlar esa passiv yo’l bilan. ya’ni diffuziya va osmos qonunlari asosida so‘riladi. Kanalchalarda suv juda ko‘p so‘riladi. Bu jarayon passiv yo’l bilan o’tadi. Birlamchi siydikdan buyraklarning to‘qima suyuqligiga va qonga glukoza, natriy, kaliy, kalsiy va boshqa moddalarning so‘rilishi to‘qima suyuqligining osmotik bosimini kamaytiradi. Kanalchalardagi siydik to‘qima suyuqligiga nisbatan gipotonik bo’lib qoladi. Osmotik bosimlar farq qilganidan, suv birlamchi siydikdan to‘qima suyuqligiga va qonga o‘tadi. Bu passiv jarayon organik va anorganik birikmalarning faol o’tishiga parallel ravishda boradi. Suv oshishi birinchi tartibdagi burama kanalchalarda mavjud siydikning osmotik bosimini to‘qima suyuqligi bilan qonning osmotik bosimiga baravarlashtiradi. Shunday qilib, tuzlar ko‘p so‘rilishiga qaramay, burama kanalchalardagi siydik qonga izotonik bo’lib qolaveradi. Genle qovuzlog‘ida maxsus mexanizm burib teskari oqizadigan tizim ishlab turganidan siydikning izotonikligi buziladi. Genle qovuzlogining ikki qismi-tushuvchi (proksimal) va ko‘tariluvchi (distal) qismlari bir-biroviga jips taqalib, bir butun mexanizm sifatida ishlaydi. Qovuzloqning tushuvchi qismidagi epiteliy faqat suvni o‘tkazadiyu, natriy ionlarini o‘tkazmaydi. Ko’tariluvchi qismidagi epiteliy esa faqat natriy ionlarini faol reabsorbsiya qila oladi, lekin ayni vaqtda suvni kanalchalardan to‘qima suyuqligiga o‘tkazmaydi. Birinchi tartibdagi burma kanalchalar va Genle qovuzlog‘idagi jarayonlarga qarama-qarshi o‘laroq ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy va kaliy ionlarining reabsorbsiyalanadigan miqdori (majburiy reabsorbsiya) doimiy bo‘lmay, o‘zgaruvchandir (fakultativ) rcabsorbsiya. Bu miqdor qondagi natriy va kaliy ionlarining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, organizmda shu ionlar konsentratsiyani doim bir darajada saqlab turuvchi muhim mexanizm hisoblanadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling