Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Termoregulyatsiyaning asab va gormonal mexanizmlari


Download 176.93 Kb.
bet80/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Termoregulyatsiyaning asab va gormonal mexanizmlari Termoregulyatsiya refleks yo‘li bilan boshqariladi. Tashqi muhit haroratining o‘zgarishi maxsus, termoretseptorlar degan retseptorlar orqali qabul qilinadi. Bu termoreseptorlar ko‘p miqdorda terida, og‘iz bo‘shlig‘ida, yuqori nafas yo‘llarida joylashgan.
Ichki a’zolarda ham termoretseptorlarning miqdori juda ko‘p: Masalan, me’dada, yurakda, buyrakda, venalarda va markaziy asab tizimining ba’zi bir qismlarida (gipotalamus, talamus, gippokamp va h.k).
Teri yuzasida termoretseptorlar baravar joylashgan emas. Ularning ko‘pchiligi odamning bet terisida joylashib, oyoqlarda esa kam miqdorda joylashgan. Sovuqni qabul qiladigan teri retseptorlarining miqdori odamda 250 000 gacha, issiqlik qabul qiladigan retseptorlarning miqdori esa 30 000 ga yaqin. Teri termoretseptorlari havo haroratining o‘zgarishiga juda sezgir bo‘lib, ular harorat 0,007°C oshganda va 0,012°C pasayganda qo‘zg‘aladi.
Termoretseptorlarga hosil bo‘ladigan asab impulslari afferent asab tolalari orqali orqa miyaga boradi. Undan yuqoriga boruvchi yo‘llar orqali talamusga, undan gipotalamus va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘iga yetib boradi. Natijada issiqlik va sovuqlik hissi paydo bo‘ladi. Orqa miya faqat asab impulslarni termoreseptorlardan bosh miyaga yetkazib beradigan o‘tkazuvchan bo‘lib qolmay, balki pastga tushuvchi yo‘llar orqali asab impulslarni bosh miyadan mushaklarga, tomirlarga, ter bezlariga yetkazib beradigan tizim ham bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, tana haroratini bir darajaga saqlab turish uchun orqa miyadagi termoregulyator mcxanizmlari kifoya emas.
Gipotalamus - asosiy reflektor markaz hisoblanadi. Termoretseptorlardan keladigan impulslar ta’sirida gipotalamus neyronlari qo‘zg‘aladi. Gipotalamusning ichida termoretseptorlar mavjud bo‘lib, ular qonning haroratiga qarab qo‘zg‘aladi (qon haroratining miligraduslar o‘zgarganganliga javob beradi). Gipotalamus shikastlanganda gomoyoterm hayvonlarning haroratni doimiy bir xil saqlab turish qobiliyati buziladi va ular poykiloterm (sovuqqon) hayvonlarga o‘xshab qoladi.
Zamonaviy ta’limotga ko‘ra, gipotalamusning oldingi guruh yadrolari fizik termoregulyatsiya uchun javobgarlar (qon tomirlari tonusining o‘zgargani va ter ajralishning kuchayishi hisobidan), ya’ni oldingi guruh yadrolari issiqlik ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. Ularning shikastlanishi natijasida hayvonlar sovuqqa chidamli bo’ladi, lekin tashqi muhit harorati ko‘tarilganda qizib ketadi. Gipotalamusning orqa bo’limi yadrolari kimyoviy termoregulatsiya uchun boshqaruv tizimi hisoblanib, issiqlik hosil bo’lish markazidir. Ular shikastlanganda issiqlikning kompensator mexanizmi buzilgani sababli, hayvon sovuqdan o‘zini muhofaza qilolmaydi.
Tana haroratining boshqarilishida bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i juda katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, termoregulyatsiya markazining efferent asablarini simpatik asab tizimi tashkil qiladi. Agar simpatik asab tizimi faoliyati buzilsa, ya’ni simpatik asab tolalari kesilsa, gipotalamusdagi teploregulyatsiya markazlarining qitiqlanishi natijasida tana harorati o‘zgarmaydi. Issiqlik almashinuvining boshqarilishida gormonal mexanizmlari ham katta rol o‘ynaydi. Jumladan, qalqonsimon bezning gormoni - tiroksin organizmda moddalar almashinuvini kuchaytirib, issiqlik hosil bo’lish jarayonini oshiradi. Organizm sovuq qotganda tiroksin gormoni qonga ko‘proq kiradi.
Buyrak usti bezlarining mag‘zida sintez bo‘ladigan gormon adrenalin to‘qimalarda oksidlanishni kuchaytirib, issiqlik hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, adrenalin ta’sirida teri tomirlari torayadi, shu sababli issiqlik chiqarishi kamayadi. Tashqi muhit haroratining pasayishi gipotalamusning refleks yo‘li bilan qo‘zg‘alishining sababchisi bo‘ladi, chunki uning sekretor funksiyasi oshadi va neyrosekretlar orqali gipofizga ta’sir yetkazadi. Buning natijasida gipofizdan qonga ko‘p miqdorda tireotropin va kortikotropinlar ajralib chiqib, qalqonsimon va buyrak usti bezlarni faollashtiradi. Bu bezlarning gormonlari termoregulyatsiyada ishtirok etadi. Shunday qilib, sovuq sharoitda organizmning muhofaza mexanizmlari ishga solinib, moddalar almashinuvi va issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytirib issiqlik ajralib chiqishini kuchaytiradi.
Organizmning boshqa funksiyalarining boshqarilishi kabi tana haroratining boshqarilishida ham markaziy asab tizimi (orqa miya, gipotalamus, bosh miya yarim sharlar po‘stlog’i neokorteks) albatta ishtirok etadi. Bu hodisani sportchilarning tana haroratining start oldi holatida o‘zgarishi ustozimiz A.Yu.Yunusovning barcha ishlari tasdiqlab beradi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling