Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet81/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Gipotermiya va gipertermiya Odam organizmi sovuq va issiq sharoitda o‘z faoliyatini saqlab, tana haroratini doim bir darajada ushlab tura oladi. Ammo tashqi muhit haroratining ta’siri uzoq davom etsa, tana harorati pasayib yoki ko‘tarilib ketadi. Buning natijasida tana qizib ketadi (gipertermiya) yoki sovib qoladi (gipotermiya). Tana harorati 35°C dan pastga tushsa gipotermiya holati ro‘y beradi. Bu holat sovuq suvda tez rivojlanib, sovuq ta’sirida avval simpatik asab tizimining qo‘zg‘alish belgilari vujudga keladi va issiqlik hosil bo‘lishi refleks yo‘li bilan kuchayadi. Ma’lumki, sovuqda mushaklarning qisqarishi-titrash tufayli issiqlik ko’proq hosil bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan keyin tana harorati pasaya boshlaydi. Gipotermiyada sezuvchanlik yo‘qoladi, reflektor reaksiyalar susayadi, asab markazlarining qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi, moddalar almashinuvi darajasi keskin kamayadi, nafas sekinlashadi, yurak urishi siyraklashadi, qonning sistolik hajmi kamayadi, arterial bosim tushadi. Bu hodisalar odamning tana harorati 27-25°C bo‘lganda kuzatiladi.
Tanani 24-28°C ga sovitib, sun’iy gipotermiya hosil qilish og‘ir jarrohiy ishlarda - yurak yoki markaziy asab tizimida jarrohlik operasiyalari o‘tkazishda qo‘llaniladi. Buning amaliy mohiyati shundan iboratki, gipotermiya bosh miyada moddalar almashinuvini, binobarin, bu a’zoning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini ham ancha kamaytiradi. Shu sababli miyaning uzoqroq (me’yordagi 3-5 daqiqa o‘rniga 25-26°C da 15-20 daqiqagacha) qonsizlanishiga chidasa bo‘ladi, buning ma’nosi shuki, gipotermiyada yurakning urmay turishiga, nafas va qon aylanishining to‘xtab turishiga organizm bemalol chidash beradi. Tanani tez isitib, gipotermiya to‘xtatiladi.
Tana haroratining 37°S dan oshib ketishi gipertermiya deyiladi. Bu holat issiqlik uzoq vaqt ta’sir qilganda rivojlanadi. Havoning namligi, qalin, havo o‘tkazmaydigan kiyim, issiq sharoitda jismoniy mehnat qilish, sport bilan shug‘ullanish, oqsilga juda boy ovqat iste’mol qilish gipertermiya rivojlanishini tezlashtiradi. Tana harorati 40-41°C ga ko‘tarilishi oqibatida keskin gipertermiya - issiq urishi (issiq eltishi) deyiladi. Gipertermiyadan isitma farq qiladi.
Isitma tashqi harorat o‘zgarmaganda issiqlikni idora etadigan mexanizmlar shikastlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Isitma asosan yuqumli kasallik paydo qiluvchi mikroblar zaharining markaziy asab tizimining limbika gumbaziga (gipotalamus, talamus, gippokamp) ta’sir qilgan vaqtda sodir bo‘ladi. (Timofeyev, 1986).

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling