Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
-barmoqlardagi harorat esa 24,4°C
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy termoregulatsiya
-barmoqlardagi harorat esa 24,4°C.
Odamning tana harorati kechayu kunduzi bir darajada turmaydi. Kechasi soat 3-4 da tana harorati ayniqsa pastroq bo’ladi; keyin harorat sekin-asta ko‘tarilib, soat 16 da (kunduz soat 4) eng yuqori darajaga yetadi, keyin yana pasaya boshlaydi. Tana harorati o ‘rtacha miqdordan 0,5°C chamasi farq qiladi. Jismoniy mashqlar vaqtida tana harorati ko‘tarilib, 38-39°C va hatto 40°C ga yetishi mumkin. Mashqlar tamomlanishi bilan harorat tcz pasayib, normal darajaga keladi. Tana harorati 32-33°C ga tushganda (gipotermiya) odam o’lib qoladi. Tana hororati 42-43°C (gipertermiya) dan oshganda ham kishi o’ladi. Yuqorida aytilgan kimyoviy va fizik termoregulatsiya jarayonlari tufayli tana harorati doimo bir darajada turadi. Ammo, odam organizmining imkoniyatlari cheksiz bo’lib, ba’zi bir hollarda bu mexanizmlar kamlik qilib qoladi. Natijada tana haroratining doimiy va darajasi o‘zgarib, yo ko‘paytiriladi, yo pasayadi. Tana haroratining me’yordan yuqori ko‘tarilishi isitma deb ataladi. Issiqlik chiqarish o‘zgarmagan holda issiqlikning ko‘proq hosil bo‘lishi tufayli yoki aksincha, issiqlik chiqarish kamaygani holda issiqlik hosil bo’lishi o‘zgarmasligi tufayli isitma boshlanishi mumkin. Kimyoviy termoregulatsiya Organizmda issiqlikning hosil bo’lishi, uning hayotiy jarayonlari, to‘qimalarda oksidlanish reaksiyalarning tana haroratini doimiyligiga qaratilgan barcha moslamalar kimyoviy termoregulatsiya asoslari hisoblanadi. Tana haroratining ma’lum bir darajasi to‘qimalarda fermentativ jarayonlarning kechishida zaruriy sharoit bo’lib qoladi. Bu sharoitlarda turli murakkab fiziologik funksiyalar amalga oshiriladi. Tashqi muhit harorati ko‘tarilib 25-30°C ga yetganda moddalar almashinuvi va issiqlik hosil bo’lishi biroz kamayadi. Tashqi muhit harorati kamayib 15°C dan pastga tushganda issiqlik hosil bo’lishi ancha kuchayadi. Tashqi harorat optimal haroratdan, yoki komfort mintaqasidan past bo’lsa, issiqlik hosil bo’lishi ancha kuchayadi. Odatdagi yengil kiyim kiyilganda komfort zonasi 18-20°C atrofida, yalang‘och odam uchun esa 28°C bo’ladi. Tashqi muhit harorati pasayganda issiqlik hosil bo’lishining kuchayishi tanani sovushdan saqlashda katta ahamiyatga ega. Mushaklar qisqarganda ularda eng ko‘p issiqlik hosil bo’ladi. Odam hatto qimirlamay yotib mushaklarini taranglatsa, unda oqsidlanish jarayonlari va shu bilan birga issiqlik hosil bo’lishi mushaklarni bo‘shashtirib yotgandagiga nisbatan 10% oshadi. Uncha katta boimagan harakat faolligi issiqlik hosil bo’lishini 25% ga orttiradi. Yurish energiya sarfini 60-80% oshiradi, og‘ir jismoniy ishda esa energiya sarfi 400-500% ko‘payishi mumkin. Sovuq sharoitda mushaklarda issiqlik hosil bo’lish ko‘rsatgichi ortadi. Bunga sabab shuki, tana yuzasida haroratning pasayishi sovuqni sezuvchi teri reseptorlariga ta’sir etib, refleks yo’li bilan mushaklarning ixtiyorsiz ravishda betartib qisqarishini qo‘zg‘aydi, bu esa odamning titrashida (dildirashida) namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda organizmning energiya sarfi ancha ortadi, mushaklarda kislorod va karbonsuvlar ko‘proq iste’mol qilinadi, natijada issiqlik ham ko‘proq hosil bo’ladi. Shunday qilib, sovuqda «qaltirash» yoki titrash mushaklarda ko‘proq issiqlik hosil qilish yo’li bilan tana harorati refleks yo’li bilan amalga oshiriladi. Kimyoviy termoregulatsiya natijasida sovuq haroratga javoban organizmda issiqlik hosil bo’lishi kuchayadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling