Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet74/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Siydik chiqarish Siydik burama kanalchalardan o’tgandan keyin chiqarish yo‘llari orqali buyrak jomlariga tushadi, buyrak jomlaridan esa, siydik yo‘llari orqali qovuqqa keladi. Siydik qovuqda to‘planib turadi va hyech bir o‘zgarmaydi. Siydik uzluksiz hosil bo’ladi, qovuq esa to‘lgan sayin bo‘shab turadi. Qovuqdan siydik chiqarish kanali boshlanadigan joyda ikkita sfinkter bor (halqa shaklidagi mushak tutamlari shunday deb ataladi). Odatda ular qisqarib, qovuqdan1 chiqish teshigini jips yopib turadi. Sfinkterlardan biri qovuqdan chiqish yo‘lini berkitib turadi va qovuq sfinkteri deb ataladi, ikkinchi sfinkter esa, siydik chiqarish kanalini yopib turadi va siydik chiqarish kanalining sfinkteri deb ataladi. Siydik chiqarilmayotgan vaqtda sfinkterlar yopiq turganligidan sivdik qovuqda to‘planaveradi. Siydik qovuqdan siydik yo’llariga qaytib chiqa olmaydi, chunki siydik qovuqqa (siydik pufagiga) qiyshiq yo‘nalishda kiradi; qovuq siydik bilan to’lganda devoridagi mushak qavati siydik yo’llarining teshigini bosadi va yopib qo‘yadi.
Qovuqqa simpatik va parasimpatik asablardan tolalar keladi. Simpatik asablar qo‘zg‘alganda siydik yo’llarining harakati (perstaltikasi) kuchayadi. qovuq devorlari bo‘shashadi, sfinkteri esa yanada qattiqroq qisadi; shunday qilib, simpatik asabning qo‘zg‘alishi qovuqda siydik to‘planishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Parasimpatik asablarning qo‘zg‘alishi simpatik asablarning qo‘zg‘alishida ko‘riladigan hodisalarning aksini vujudga keltiradi. Qovuq devorlari parasimpatik asablar ta’sirida qisqaradi, sfinkteri bo‘shashadi va siydik qovuqdan haydalib chiqadi. Siydik chiqarish-refleks yo’li bilan bo’ladigan hodisadir. Qovuqdagi siydik bosimining ortishi tufayli markazga intiluvchi asablarning oxirlari ta’sirlanadi. Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho‘ziladi. Qovuqdagi bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko‘tarilishi va qovuq devorlarining cho‘zilishi qovuq devoridagi asab oxirlariga (markazga intiluvchi asab oxirlariga) ta’sir etadi. Rctseptuilaida qo‘zg‘alish paydo bo’ladi, bu qo‘zg‘alish markaziy asab tizimiga o‘tadi, u yerdan esa markazdan qochuvchi harakatlantiruvchi asablar orqali qovuqqa kelib, uning qisqarishiga, shu bilan birga sfinkterlarning bo‘shashiga sabab bo’ladi. Natijada siydik chiqariladi.
Refleks yo’li bilan siydik chiqarish markazi orqa miyaning dumg‘aza bo’limidadir. Markaziy asab tizimining oliy bo’limlari; uzunchoq miya, o‘rta miya va bosh miya po‘stlog‘i o‘sha markazning reflektor faoliyatiga ta’sir etadi. Markaziy asab tizimining shu bo’limlaridan keluvchi qo‘zg‘alish orqa miyadagi siydik chiqarish markaziga borib, siydik chiqarishga retleks yo’li bilan ta’sir etadi. Odam siydikni tuta oladi yoki qovug‘i yetarli toiishmaganda va siydik chiqarish refleksi bo’lmaganda ham siydik chiqara oladi. Siydik chiqarishga bosh miya po‘stlog‘i ta’sir etadi. Bosh miya po‘stlog‘idan siydik chiqarish kanalining sfinkteriga impulslar kelib, uni bo‘shashtiradi.
Yosh bolalar asta- sckin, ulg‘aygan sayin siydik tutadigan bo’lib qoladi. Katta yoshli bolalar va o‘rta yashar kishilarning beixtiyor siydik chiqarishi, shuningdek kechasi siydik tuta olmasligi markaziy asab tizimining xastaligidan darak beradi. Teri va uning ajratuv vazifasi

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling