Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Buyraklar faoliyatining boshqarilishi


Download 176.93 Kb.
bet73/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Buyraklar faoliyatining boshqarilishi. Asab tomonidan boshqarilishi Zamonaviy kuzatishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, buyraklar faoliyatining boshqarilishida ikkita tizim: asab va gumoral ishtirok etadi. Vegetativ asab tizimi nafaqat koptokchalar filtratsiyasini balki kanalchalardagi reabsorbsiyani ham boshqarib turadi. Simpatik asablar buyrakni innervatsiya qilib, asosan tomirtorayuvchi natija beradi. Ularning qitiqlanishi oqibatida siydik bilan chiqadigan suvning miqdori kamayib, natriy miqdori esa oshadi. Simpatik asab qirqilgan (buyrakni inncrvasiya qiladigan asab) siydikning miqdori ortadi. Biroq, simpatik asab tizimi qo‘zg‘alganda koptokchalar arteriolalari torayib, siydik filtratsiyasi kuchayadi. Og‘riq ta’sirida diurez (siydik hosil bo‘lishi va chiqishi) refleks yo‘li bilan kamayadi, hatto to‘xtatiladi. bunday vaqtda simpatik asab tizimining qo‘zg‘alishi va vazopressin gormoni miqdorining oshishi natijasida buyrak qon tomirlari toraydi.
Buyraklar faoliyatida parasimpatik asab tizimining ta’siri haligacha oxirgacha o’rganib chiqilgan emas. Faqat shuni aytib o’tish zarurki, bu asabning qo‘zg‘alishi natijasida siydik bilan (qayta so‘rilishining pasayishi sababli) ko‘p miqdorda xloridlar ajralib chiqadi. Yu.V.Natochin laboratoriyalarida (Rossiya) buyraklar faoliyatida oliy asab faoliyatining ishtirokini aniqlab bergan. Masalan, markaziy asab tizimining eng oliy tuzilmasi - miya po‘stlog’i sut emizuvchilarning buyrak faoliyatini vegetativ asablar yoki gipotalamus orqali keskin o’zgartiradi. Gipotalamus yadrolarining o’zida (neyrosekretor hujayralarda) antidiuretik gormon-vazopressin hosil bo‘lib, gipofizning orqa bo‘limida (ncyrogipofizda) zahira bo‘lib turadi.
Organizmning ichki muhiti holatiga qarab vazopressin gipofizdan qonga o‘tib diurezni boshqaradi. Buyraklar faoliyatining bunday yo‘l bilan boshqarilishi asab-gormonal boshqarilish deyiladi. Gumoral boshqarilishi ham gormonlar - vazopressin va aldosteron tufayli amalga oshadi. Vazopressin qonga o‘tib, siydikning qayta so‘rilishini kuchaytiradi va shu bilan diurezni kamaytiradi. Qonda bu gormon miqdorining oshib ketishi natijasida siydik hosil bo‘lish jarayoni butunlay to‘xtatiladi. Vazopressining yetishmasligi oqibatida o‘tkir kasallik - qandsiz diabet paydo bo‘ladi. Uning tarkibida qand umuman bo‘lmaydi. Gumoral boshqarilishida yana bir gormon - aldosteron muhim rol o’ynaydi. U natriy ionlarining qayta so‘rilishi (reabsorbsiya) ga ishtirok etadi. Bu gormon buyrak usti bezlarning po‘stlog‘ qavatida hosil bo‘lib, nefron kanalchalarning distal (ko‘tarilovchi) bo‘limidan kaliy ionlarining chiqishida ishtirok etadi. Aldosteron nefronning proksimal (tushuvchi) bo’limida kalsiy va magriiyning qayta so‘rilishiga salbiy, tormozlovchi omil sifatida ta’sir etadi. Gialuronidaza fermenti ta’sirida yig‘uvchi naylar o‘tkazuvchanligi ortadi. Yig‘uvchi naylar devoridagi hujayraaro modda tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini gialuronidaza femienti depolimerlaydi. Gialuron kislotasi depolimerlangarida yig‘uvchi naylarning devori g ‘ovak bo‘lib suvni o‘tkazib yuboradi. Gialuronidaza antidiuretik gormonlar ta’sirida faollashadi yoki yig‘uvchi naylar epiteliyida hosil bo‘ladi, natijada suv so‘rilishi kuchayadi.
Siydikning solishtirma og‘irligi suyuqlikning qancha iste’mol qilinishiga qarab o’zgaradi. Suv ko‘p ichilganda siydikning solishtirma og‘irligi kamayadi; suv kamroq ichilganda esa, siydikning solishtirma og‘irligi aksincha oshadi. Siydikning solishtirma og‘irligi o‘rta hisob bilan 1010-1015 g/sm3 dir. Siydik tarkibida suv, oqsilning parchalanish mahsulotlari, ya’ni azotli moddalar, tuzlar va ba’zi kislotalar bor. O’rta hisob bilan olganda bir kecha-kunduzda siydik bilan 60 g tuz chiqadi.
Azot asosan siydikchil tarkibida chiqadi. Oqsilning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan azotning taxminan 90%-i siydikchilga to‘g ‘ri keladi. Normal siydikda oqsil bo‘lmaydi, chunki oqsil kolloid bo‘lganligidan kapillyarlarning devoridan o’tmaydi. Siydikda oqsil paydo bo’lishi buyraklarning kasallanganligini ko‘rsatadi. Kapillyarlar devorining o’tkazuvchanligi patologik jarayon tufayli o’zgarib, oqsilni siydikka o‘tkazib yuborganda yoki buyraklar yallig‘langanda siydikda oqsil paydo bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom odam zo‘r jismoniy ish bilan shug‘ullanganda siydigi bilan bir necha vaqt oqsil chiqib turishi mumkin. Yugurishda qatnashadigan sportchilarda siydik bilan oqsil chiqishi ayniqsa xarakterlidir. Siydikda oqsil paydo bo’lishi buyrak tomirlari o’tkazuvchanligining vaqtincha o‘zgarishidan kelib chiqadi. Buyraklar tez orada yana normal ishlaydigan bo‘lib qoladi va bunday kishilarning siydigi bilan oqsil chiqishi to‘xtaydi.
Siydikda oqsil paydo bolishi albuminuriya deb ataladi. Kasallarning siydigida ham, sog‘lom kishilarning siydigida ham qand paydo bo‘lishi mumkin. Diabct bilan og‘rigan kishilarning siydigi bilan qand chiqib turadi. Sog‘lom kishilar esa qandni yoki shiralikni (murabbo, shokolad va boshqalarni) ko‘p yegandan keyin siydigida qand paydo bo‘ladi. Siydik bilan qand chiqishi glukozuriya deb ataladi. Siydikda qon paydo bo‘lishi gematuriya buyraklarga yoki siydik chiqaruvchi a’zolarga qon quyilganda ko‘riladi. Siydikka xarakterli tus beradigan urobilin va uroxrom degan pigmentlar normal siydikning tarkibiy qismidir. Siydik pigmentlari ichak va buyraklarda o‘t pigmentlaridan hosil bo‘ladi. O’t pigmentlari esa, gemoglobinning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo‘ladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling