o’qitish jarayonining qonuniyatlaridir.
Demak o’qitishning asosiy ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi omillari
tashkiliy, tizimli, ruxiy, tahliliy va shartli jiharlari bilan boyitiladi.
Jamiyatning
ijtimoiy extiyojiga, fan va ishlab chiqarishning xozirgi
darajasiga tayanib, didaktika o‘zining o‘rganish predmetini ishlab chiqadi,
chunonchi; o‘qitishning maqsadi (nega o‘qitiladi,
yosh avlodni nimaga
tayyorlanadi), o‘qitishning mazmuni (nimaga o’rgatiladi), o‘qitishni tashkil
etishning shakl va metodlari ( qanday o‘qitish) hamda uning natijalarini xisobga
olish, nazorat qilish.
Didaktikaning kategoriyalari ; ta’lim, o‘quv jarayoni,
o‘qitish prinsiplari.
Ta’lim- ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi. Ta’lim birinchidan,
o‘zlashtirish
uchun tanlab olinadigan, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan, aniq
faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun tayyorlashga yo’naltirilgan umuniy va
maxsus bilim, ko‘nikma,
malakalarni, ikkincidan esa mazmunni o‘zlashtirish
natijalarini anglaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: