Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana10.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1257184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu (4)

O‘qitish va o‘qish ma’lum me’yoriy talablar asosida bir-biriga kirishib
uchinchi bir faoliyatni-ta’limni yuzaga keltiradi. O‘qituvchi faolligi 
o‘quvchilar faolligiga olib- keladi, o‘qituvchi faoliyatidagi izchillik bolalar 
faoliyatidagi izchillikni ta’minlaydi. O‘qituvchi faoliyatidagi xilma-xillik, 
vositalarning rang-barangligi, ta’limning turli metodlaridan foydalanish bolalar 
faoliyatining samarador kechishiga sabab bo‘ladi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari 
jarayonida rioya qilinadigan normativ talablarga ta’lim q o i d a l a r i deb 
aytiladi. 
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar 
yig‘indisi.
Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, 
metodlar yig‘indisidir.
Pedagogik texnologiya- texnika resurslarini odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini 
xisobga olgan xolda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi 
o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish va qo‘llash 
hamda aniqlashning tizimli metodi. ( YUNESKO) 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA METODIKA ORASIDAGI 
AYRIM FARQLIAR 
 
 
Xozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va 
tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli 
tenglashtirish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bulib, 
quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo‘llari 
majmui. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini 
o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika 
metodikasi va shu kabilar. Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini 
tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. 
Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan – 1-jadval
 
Asosiy 
tushunchalar 
Metodika 
Pedagogik texnologiya 
Ta’riflar 
Metodika — ma’lum o‘quv 
fanini o‘qitish hamda 
tarbiyaviy ishlar 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi 
Pedagogik texnologiya — 
insonga 
oldindan 
belgilangan 
maqsad bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy 
ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat 
Maqsad 
Alohida o‘quv fanlarini 
o‘qitish hamda tarbiyaviy ish 
larning sifatli bulishini 
ta’minlash 
Komil insonni shakllantirish 


Qo’llash 
miqyosi 
Xususiy fanlarni 
o‘qitishda 
hamda tarbiyaviy ishlarda 
Butun ta’lim -tarbiya jarayonida 
Vositalar 
Alohida o‘quv fanlarini 
o‘qitishda hamda tarbiyaviy 
ishlarda qo’llaniladigan 
vositalar 
Barcha ta’lim-tarbiyaviy 
vositalar, xususiy metodikalarda 
Pedagogik 
jarayon 
Ta’lim-tarbiya metodikasi 
asosida ijodkor 
o‘qituvchilarning 
ilg’or tajribalariga tayanib 
rivojlanadi.X ususiy 
tajribalar asosida boyitib 
boriladi. 
Bir muallifning ilg’or 
pedagogik tajribasini hamma 
pedagoglar aynan qo’llay 
olmaydilar. 
Bunda natijalar har kimda 
har xil bo‘ladi. 
Pedagogik texnologiyaning 
tarkibiy qismi isoblanadi 
Ta’lim 
va 
tarbiya 
texnologiyasi 
asosida. 
Ta’lim menejmenti va marketingi 
asosida. 
Ta’lim-tarbiya 
sohasidagi 
eng 
ilg’or 
tajribalarni 
umumlashtiruvchi 
qoidoalar 
asosida 
rivojlanib 
boradi. 
Yetarli 
tayyorgarlikka 
ega 
mutaxassislar 
tomonidan 
qo’llanganda 
o‘zaro 
o’xshash 
natijalar oli nishi ta’minlanadi. 
Natija 
kafolati 
Oldindan belgilangan 
maqsadga har bir o‘qituvchi 
o‘z imkoniyatlariga muvofiq 
turli darajada erishadi. Shu
sababli talab darajasidagi 
natija kafolatlanmaydi. 
Asosan ijodkor 
o‘qituvchilargina yaxshi 
natijaga erishadilar. 
Oldindan belgilangan maqsadga 
erishish kafolati bor 
Kelib 
chiqishi 
Ta’lim-tarbiyaning turli 
xususiy masalalarini xal 
qilish zarurati natijasida 
kelib chiqqan 
Xususiy metodikalarning 
rivojlanishi natijasida 
kelib chiqqan 
 
Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin; „Aslida 
zamonaviy ta’lim metodlari muqadddas qiziquvchanlikni hozircha batamom burib 
tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni, qiziquvchanlik) 
rag’batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo‘qsa, u 
shaksiz, mahv bo‘ladi“ (AEynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera 
olmasligi 
nazarda 
tutilmoqda. 
Pedagogik 
texnologiya 
esa 
bolaning 
qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. „Pedagogik 
texnologiya“ tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o‘qitish 


metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik 
texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida 
farqlar mavjud. Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob- kitob 
komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli 
yo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan 
o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg’unligi, ko’plab „agar“lar (agar
o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar 
bo‘lsa...) yo‘qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi 
bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.
Metod — biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko’rinishidan 
iborat. Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb, bajarilishi talab qiliinayotgan 
faoliyat uchun qo’llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘ldan oldindan ko‘zda 
tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lga aytiladi. Masalan, savod 
o’rgatish yo‘llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, 
o‘qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va 
boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni 
o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu 
yo‘llardan foydalanib xarakatni amalga oshirishda turli usullar ko’llaniladi.
Xarakatni amalga oshirish usuli deb- tanlangan ma’lum yo‘ldan 
foydalangan holda oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun 
qo’llanadigan harakat usullariga aytiladi. Bular, oilada, bog’chada, maktabda 
savod o’rgatishni amalga oshirishda o‘qituvchining, tarbiyachining qo’llaydigan 
ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim-tarbiya vositalarini belgilangan 
maqsadga muvofiq qo’llash usullarini anglatadi. Har bir yo‘l ham o‘ziga xos 
usullarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak, har bir harakat ma’lum yo‘l bilan va 
shunga muvofiq usulda amalga oshiriladi. Biror harakatni amalga oshirish 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling