Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari


Ta’lim jarayoning metodologik asosi gnoseologiya ( bilish nazariyasi)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana10.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1257184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu (4)

Ta’lim jarayoning metodologik asosi gnoseologiya ( bilish nazariyasi) 
hisoblanadi. Bilish nazariyasining asosiy holatiga muvofiq, bilish jarayoni – 
bu obrazli taassurot, tafakkur va amaliyot birligi. 
Ta’lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchi- qarama- qarshilik 
hisoblanadi.Ta’lim nazariyasi taxlilida O.Roziqovning ta’kidlashicha “ta’lim 
o’qitish va o’qish faoliyatining o’zaro muvofiqlashuvi, kirishuvidan 


shakllanadigan shiqkat faoliyatidir.Yu Babanskiy “Ta’lim bilim, malaka,
ko’nikmalarni berish va egallash jarayonidir” deydi. 
“O’qitish jarayoni o’quvchining hususiy o’rganuvchanlik faoliyati va 
o’qituvchining orgatuvchanlik faoliyatidan iborat, undan tashqarida xech qanday 
maqsadli pedagogik jarayon kechmaydi”.An’anaviy o’qitish va noan’anaviy 
o’qitish jarayoni farqlanadi. 
Ta’lim jarayoninig ramziy ifodalanishi uning mustaqil, yaxlit tizim 
ekanligidan, u o’ziga xos va mos qonuniyatlar asosida qurilishidan dalolat beradi.
Shunday qilib ta’lim jarayoni- o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga 
ma’lum bir maqsadga erishish uchun, ushbu maqsad talab etgan mazmunni u 
yoki bu metodlar yordamida aniq shakllarda yetkazib beriladigan va natijaga 
ega bo’ladigan jarayondir
Ta’lim jarayoninig mohiyati shundaki, o’qitish va o’qish faoliaytlarinng 
o’zaro aloqadorligida va o’qituvchi hamda o’quvchilarning ongli va faol 
munosabatlaridadir. 
Ta’lim jarayoni quyudagi funktsiyalarni bajaradi; ma’lumotli qilish, 
tarbiyalash, rivojlantirish. 
Ma’lumotli qilish- tabiat, jamiyat, texnika, inson to’g’risidagi bilimlarni 
o’zlashtirishi bilan, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, qobiliyatlarini o’stirish 
bilan harakterlanadi. 
Rivojlantirish funktsiyasi- nutqning rivojlanishi bilan so’z zaxirasining 
ortishi bilan, his- tuyg’uni, tasavvurni rivojlanishi bilan, qobiliyatni rivojlanishi 
bilan xarakterlanadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling