Mavzu: №1. Moddiy nuqta kinematikasining elementlari Reja


Ishqalnish kuchlari. Markazga intilma kuch


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1162155
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Ma\'ruza

2.5.Ishqalnish kuchlari. Markazga intilma kuch
.Bir-biriga tegib turgan jismlar yoki bir 
jismning o’zaro tegib turgan bo’laklari bir-biriga nisbatan ko’chganda hosil bo’ladigan 
kuchlar ishqalanish kuchlari deyiladi
. (2.5.1)-rasmdan 
fr
F
-ishqalanish kuchi, 
A
-tortish 
kuchi,mg –og’irlik kuchi va 
N
-reaksiya kuchi.Ishqalanishlarni ikki toifaga bo’lish 
mumkin:tashqi ishqalanishlar va ichki ishqalanishlar.
Sirtlari
o’zaro tegib turuvchi qattiq jismlarning bir-birlariga nisbatan 
bo’lgan harakatga tashqi ishqalanish deyiladi.Berilgan 
jismning turli xil qismlarini bir-biriga nisbatan ko’chishi 
tufayli yuzaga keladigan ishqalanish kuchi ichki ishqalanish 
deyiladi.
Ichki ishqalanishga suyuqlik qatlamlarini bir-biriga 
nisbatan turli tezliklar harakatlanishida paydo bo’ladigan 
ishqalanishni misol qilish mumkin. 
O’zaro tegib turgan sirtlarning g’adir-budirliklari 
natijasida bir-biriga ilinib ishqalanish hosil bo’ladi. Tajriba 
shuni ko’rsatadiki, ishqalanish kuchi 
ishq
F
normal bosim kuchi
N
 ga proporsional bo’ladi. 
N
ishq
kF
F

(2.5.1) 
Bu yerda k-ishqalanish koeffitsiyenti. 
Jismning aylana bo’ylab tekis harakati markazga intilma tezlanish bilan xarakterlanadi. 
Markazga intilma tezlanishni markazga intilma kuch hosil qiladi. Bu kuch jismga qoyilgan bo’lib, 
aylana markaziga yo’nalgan va Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq quyidagiga teng: 
R
m
=
R
m

=
F
2
2



(2.5.2) 


bu yerda mjismning massasi, a-markazga intnlma tezlanish

va 

chiziqli va 
burchak tezliklar. R - aylana radiusi. 
Markazga intilma kuch jismni aylanada tutib turgan bog’lanish tufayli yuzaga keladi.
Jismning aylana markazidan uzoqlashishiga intilishiga bo’lgan 
bog’lanish reaksiya kuchi markazga intilma kuchni yuzaga keltiradi. 
Misol sifatida rezina ipga bog’langan sharchaning aylana bo’ylab 
harakatini ko’raylik (2.5.2-rasm). A sharchaga 0 nuqtaga 
mahkamlangan OA ipga perpendikulyar 

 
tezlik beraylik. Sharcha 
inersiyasi bo’yicha nuqtadan uzoqlashib to’g’ri chiziqli harakat qila 
boshlaydi, Bunda ip cho’ziladi va unda yuzaga keladigan elastiklik 
kuch, sharchaning to’g’ri chiziqli harakatiga to’sqinlik qilib, 
sharchani buraluvchan spiral bo’ylab harakatlanishga majbur qiladi. 
Ip cho’zilgan sari o’suvchi elastiklik kuchi sharchanipg nuqtadan 
uzoqlashishiga to’sqinlik qilishga yetarli bo’lganda sharcha R radiusli 
aylana bo’ylab harakatlana boshlaydi. Bunda bog’lanish elastiklik kuchi markazga intilma kuchga 
teng bo’lishi ravshan: 
Shunday qilib, ipning elastiklik kuchi markazga intilma kuch rolini o’ynaydi. 
Nyutonning uchinchi qonuniga muvofiq, jismga qo’yilgan markazga intilma kuch bilan 
birga kattaligi unga teng, biroq qarama-qarshi yo’nalgan kuch vujudga keladi. Bu kuch 
markazdan qochma kuch deb atiladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.Qanday sistemalarga inersial sistemalar deyiladi? 
2.Nyuton mexanikasi qanday tezliklar uchun o’rinli? 
3.Butun olam tortishish qonunini ta’riflang. 
4.Guk qonuniga ta’rif bering. 
5.Mexanik kuchlanish qanday birlikda o’lchanadi? 
6.Ishqalanish koeffitsiyenti nimalarga bog’liq bo’ladi? 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling