Mavzu: №1. Moddiy nuqta kinematikasining elementlari Reja


Qattiq jismlar deformatsiyasi.Guk qonuni


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1162155
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Ma\'ruza

2.4. Qattiq jismlar deformatsiyasi.Guk qonuni.
Qattiq jism mexanikasida absolyut qattiq jism 
tushunchasidan foydalaniladi.
Absolyut qattiq jism deb deformatsiyalanmaydigan jismga 
aytiladi.
Tabiatda esa absolyut qattiq jism yo’q,chunki har qanday jism tashqi kuch ta’sirida 
ozining shakli va hajmini o’zgartiradi,ya’ni deformatsiyalanadi. 
Deformatsiya ikki turga bo’linadi:
Tashqi kuchlar ta’siri to’xtagandan keyin yo’qolib 
ketadigan deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi. Tashqi kuchlarning ta’siri to’xtagadan 
keyin jism o’zining avvalgi holatini tiklamasa bunday deformatsiyaga plastik deformatsiya 
deyiladi.
  
Deformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil qilgan zarrachalar(molekulalar va 
atomlar)ning bir qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi 
zaryadlangan zarrachalar orasidagi elektromagnit kuchlari qarshilik ko’rsatadi. (Zaryadlangan 
zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari elektromagnit ta’sir 
kuchlari deb ataladi). Natijada deformatsiyalanayotgan jismda son 
jihatdan tashqaridan qo’yilgan kuchga teng,lekin qarama-qarshi 
yo’nalishga ega bo’lgan ichki kuch -elastiklik kuchi paydo 
bo’ladi.Elastik deformatsiyaning chizilish-siqilish,egilish,buralish va 
siljish kabi turlari mavjud.Tushunish oson bo’lishi uchun chizilish-
siqilish deformatsiyasini qarab chiqamiz.Uzunligi
0
 va ko’ndalang 
kesim yuzi S bo’lgan bir jinsli rezina bir uchidan shiftga 
mahkamlangan ikkinchi uchiga esa biror massali yuk osilgan 
bo’lsin(2.4.1-rasm).Agar X o’qning musbat yo’nalishi bo’yicha 
rezina ko’ndalang kesimining yuziga tik ravishda 
mg
F
tash

tashqi kuch ta’sir etsa,rezinaning uzunligi 

qiymatga ortadi,ya’ni 
cho’ziladi.Deformatsiyalanish jarayonida, rezinada uni dastlabki holatiga qaytarishga 


intiluvchi,son jihatdan 
tash
F
tashqi kuchga teng, lekin qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan 
elas
F
elastiklik kuchi paydo bo’ladi.Deformatsiyalanish rezina uzunligining nisbiy o’zgarishi



0


orqali belgilanadi.Deformatsiyaga sabab bo’lgan tashqi ta’sir etuvchi kuch rezina 
ko’ndalang kesimi yuziga nisbati


S
F
tash
orqali aniqlanadi.Tashqi kuch va elastiklik 
kuchlarining miqdorlari teng,yo’nalishi esa qarama-qarshi ekanligini e’tiborga olib,bu 
kuchlarning X o’qdagi proeksiyalarini quyidagicha yozish mumkin. 
elasX
tashX
F
F


,


S
F
elas
(2.4.1) 
Bunda 

-mexanik kuchlanish deb ataladi,u rezina ko’ndalang kesimining birlik yuziga 
to’g’ri keladigan elastiklk kuhini ifodalaydi. 
Ingliz olimi Robert Guk tajribalar asosida elastik deformatsiyalarda vujudga keluvchi
kuchlanish nisbiy cho’zilishga proporsional ekanligini ifodalovchi qonunni yaratdi. 
E



(2.4.2) 
Jism qanchalik uzun bo’lsa,qo’yilgan kuch ta’sirida u shuncha ko’p cho’ziladi va 
aksincha,jism qanchalik yo’gon bo’lsa u shuncha kam cho’ziladi.Bularni e’tiborga olgan holda



0


ifodani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: 
0
1


S
F
E


(2.4.3) 
Bu yerda 
0
 -jismning (rezinaning) dastlabki uzunligi, 

-absolyut uzayish(rezinaning 
cho’zilishi),S-ko’ndalang kesim yuzasi,E-yung moduli.Yung modulining qiymati jism 
tayyorlangan moddaning turiga bog’liq. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling