Mavzu: №1. Moddiy nuqta kinematikasining elementlari Reja
Qattiq jismlar deformatsiyasi.Guk qonuni
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi kuchlar ta’siri to’xtagandan keyin yo’qolib ketadigan deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi. Tashqi kuchlarning ta’siri to’xtagadan
2.4. Qattiq jismlar deformatsiyasi.Guk qonuni.
Qattiq jism mexanikasida absolyut qattiq jism tushunchasidan foydalaniladi. Absolyut qattiq jism deb deformatsiyalanmaydigan jismga aytiladi. Tabiatda esa absolyut qattiq jism yo’q,chunki har qanday jism tashqi kuch ta’sirida ozining shakli va hajmini o’zgartiradi,ya’ni deformatsiyalanadi. Deformatsiya ikki turga bo’linadi: Tashqi kuchlar ta’siri to’xtagandan keyin yo’qolib ketadigan deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi. Tashqi kuchlarning ta’siri to’xtagadan keyin jism o’zining avvalgi holatini tiklamasa bunday deformatsiyaga plastik deformatsiya deyiladi. Deformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil qilgan zarrachalar(molekulalar va atomlar)ning bir qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi zaryadlangan zarrachalar orasidagi elektromagnit kuchlari qarshilik ko’rsatadi. (Zaryadlangan zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari elektromagnit ta’sir kuchlari deb ataladi). Natijada deformatsiyalanayotgan jismda son jihatdan tashqaridan qo’yilgan kuchga teng,lekin qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan ichki kuch -elastiklik kuchi paydo bo’ladi.Elastik deformatsiyaning chizilish-siqilish,egilish,buralish va siljish kabi turlari mavjud.Tushunish oson bo’lishi uchun chizilish- siqilish deformatsiyasini qarab chiqamiz.Uzunligi 0 va ko’ndalang kesim yuzi S bo’lgan bir jinsli rezina bir uchidan shiftga mahkamlangan ikkinchi uchiga esa biror massali yuk osilgan bo’lsin(2.4.1-rasm).Agar X o’qning musbat yo’nalishi bo’yicha rezina ko’ndalang kesimining yuziga tik ravishda mg F tash tashqi kuch ta’sir etsa,rezinaning uzunligi qiymatga ortadi,ya’ni cho’ziladi.Deformatsiyalanish jarayonida, rezinada uni dastlabki holatiga qaytarishga intiluvchi,son jihatdan tash F tashqi kuchga teng, lekin qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan elas F elastiklik kuchi paydo bo’ladi.Deformatsiyalanish rezina uzunligining nisbiy o’zgarishi 0 orqali belgilanadi.Deformatsiyaga sabab bo’lgan tashqi ta’sir etuvchi kuch rezina ko’ndalang kesimi yuziga nisbati S F tash orqali aniqlanadi.Tashqi kuch va elastiklik kuchlarining miqdorlari teng,yo’nalishi esa qarama-qarshi ekanligini e’tiborga olib,bu kuchlarning X o’qdagi proeksiyalarini quyidagicha yozish mumkin. elasX tashX F F , S F elas (2.4.1) Bunda -mexanik kuchlanish deb ataladi,u rezina ko’ndalang kesimining birlik yuziga to’g’ri keladigan elastiklk kuhini ifodalaydi. Ingliz olimi Robert Guk tajribalar asosida elastik deformatsiyalarda vujudga keluvchi kuchlanish nisbiy cho’zilishga proporsional ekanligini ifodalovchi qonunni yaratdi. E (2.4.2) Jism qanchalik uzun bo’lsa,qo’yilgan kuch ta’sirida u shuncha ko’p cho’ziladi va aksincha,jism qanchalik yo’gon bo’lsa u shuncha kam cho’ziladi.Bularni e’tiborga olgan holda 0 ifodani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: 0 1 S F E (2.4.3) Bu yerda 0 -jismning (rezinaning) dastlabki uzunligi, -absolyut uzayish(rezinaning cho’zilishi),S-ko’ndalang kesim yuzasi,E-yung moduli.Yung modulining qiymati jism tayyorlangan moddaning turiga bog’liq. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling