Mavzu: №2.
Moddiy nuqta dinamikasi.Tabiatdagi kuchlar va ularning
xususiyatlari.
Reja:
1.
Dinamikaning asosiy vazifasi.Nyutonning birinchi qonuni.
2.Ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi.Nyutonning uchinchi qonuni.
3.Og’irlik kuchi.Butun olam tortishish qonuni.
4.Qattiq jismlar deformatsiyasi.Guk qonuni.
5.Ishqalnish kuchlari. Markazga intilma kuch.
Tayanch iboralar:
Jismning inertligi; massa; dinamik
xarakteristikalar; reaktiv kuchlar; ishqalanish kuchlari;
gravitatsiya kuchlari; markazga intilma kuch;
Adabiyotlar:
[1;2;3;6.]
2.1.Dinamikaning asosiy vazifasi.Nyutonning birinchi qonuni.
Dinamikada
jismlarning
harakati uni yuzaga keltiruvchi sabab bilan bog’lab o’rganiladi.Dinamikaning asosiy
vazifasi ikki qismdan iboratdir.
1)Jismning harakati ma’lum bo’lsa,unga ta’sir
etuvchi kuchni aniqlash,
2)Jismga ta’sir etuvchi kuch ma’lum bo’lgan taqdirda harakat
qonunlarini aniqlash,
Jismning harakat tezligini o’zgartirib, unga tezlanish beruvchi ta‘sirga kuch deb
aytiladi.
Nyutonning birinchi qonuni.
Agar jismga ta‘sir etuvchi kuchlarning yig’indisi nolga teng
bo’lsa, u holda jism inertsial sanoq sistemalariga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi yoki
tinch holatini saqlaydi.
Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq
sistemalarni inersial sanoq
sistemalar,bajarilmaydigan sistemalarni noinersial sanoq sistemalar deyiladi.
Nyuton qonunlari tezliklari yorug’lik tezligidan juda kichik (
c
)bo’lgan jismlarning
harakati uchun o’rinlidir.Shu sababli Nyuton qonunlariga asoslangan
mexanikani Nyuton
mexanikasi deyiladi.
Jismlarning inertligi ularning massalariga proporsionial bo’ladi. Jismning massasi qancha
katta bo’lsa, uning inertlik qobiliyati shuncha katta bo’ladi. Bunga asosan ya’ni inersiya qonuniga
asoslanib jism massasiga ta‘rif beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: