Mavzu №1. Qora metallurgiyaning asosiy tushunchalari. Po‘lat ishlab chiqarish


Fosforni oksidlanishi va tiklanishi


Download 457.95 Kb.
bet44/49
Sana02.01.2022
Hajmi457.95 Kb.
#187451
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Ma'ruza

Fosforni oksidlanishi va tiklanishi.

Fosfor malum miqdorda Fe da eriydi.Buning oqibatida malum bir issiqlik ajralib chiqishi kuztiladi. P2g 2[P].

Po‘lat tarkibidagi fosfor odatda zarali qo‘shimcha xisoblanadi.Shuning uchun uning yo‘qotilishiga asosiy etibor qaratiladi.Fosforni zarali qo‘shimcha deb xisoblanishiga uning 2 ta xususiyati sabab bo‘ladi.Past xaroratda metallni cho‘ziluvchanlik xususiyatini fosfor kamaytirib yuboradi.Ayniqsa fosfor yuqori C li po‘latlarda zararli xisoblanadi.

Shixta tarkibiga fosfor asosan cho‘yan orqali keladi.Chunki Fe rudasidagi bo‘sh tog‘ jinsi tarkibida malum miqdorda P2O5 bo‘ladi.Domna eritish jarayonida esa fosfor tiklanadi va cho‘yan tarkibiga o‘tadi.Fosforni yana bir qismi lom va ferrosplavlar orqali shixta tarkibiga o‘tadi.

Metall tarkibida erigan fosfor quyidagilar orqali oksidlanishi mumkin.


  1. 4/5[P]+O22g=2/5 (P2O5 ).

  2. SHlak tarkibidagi FeO ning O2 bilan.

4/5[P]+2(FeO)=2/5(P2O5)+2Fesuyuq

  1. Metall tarkibidagi erigan O2 bilan.

4/5[P]+2[O]=2/5(P2O5).

Yuqoridagi barcha bu xolatlarda issiqlik ajralib chiqadi.Ayniqsa gaz fazasidagi O2 bilan birikkanda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.

SHlakning oksidlanganlik darajasining yuqori bo‘lishi P ni kam oksidlanish faollashtirsa shlak tarkibidagi FeO ning faolligini kamayishi P ni oksidlanish imkoniyatini pasayishiga olib keladi.

Metall tarkibidagi P ni shlak tarkibiga o‘tkazib xarorat ko‘tarilganda uni qayta tiklanishi oldini olish maqsadida shlak tarkibidagi P2O5 ni faolligini kamaytirish kerak.Buni jarayonga oxaktosh yoki oxak qo‘shish bilan amalga oshiriladi.

Metall tarkibidagi P ni shlak tarkibiga o‘tish jarayoni quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1.Agar vannaga O2 purkalsa:

2[P]+21/2 O2G+4(CaO)=(4CaO* P2O5) yoki

2[P]+21/2 O2G+3 (CaO)=(3CaO* P2O5)

2.Metallni Ca Ova FeO li shlak bilan tasirlashishi oqibatida:

2[P]+5(FeO)+4(CaO)=(4CaO* P2O5)+5Fesuyuq yoki

2[P]+5(FeO)+3(CaO)=(3CaO* P2O5)+5Fesuyuq

SHunday qilib nisbatan pastroq xaroratda P kuchli oksidlangan shlak bilan birikib quyidagi temir fosfatini xosil qilishi mumkin.

3(FeO)+(P2O5)=3FeO* P2O5.

Bundan tashqari yana Fe2O5* P2O5, 2Fe2O3*3P2O5 temir fosfatlari xam xosil bo‘lishi mumkin.YUqori xaroratda bu birikmalar mustaxkam bo‘lmaganligi uchun P qayta tiklanib metal tarkibiga o‘tadi.Yuqori xaroratda metal tarkibidagi P tozalash uchun kuchli asosli va oksidlangan shlak kerak bo‘ladi.Kislotali muxitda P shlak tarkibiga umuman o‘tmaydi.Agar shlak tarkibidagi P metal tarkibidagi P miqdoriga tenglashsa agregatdan shlak tortib olinib o‘rniga P siz yangi qo‘shimcha qo‘shilib shlak xosil qilinadi.Bu jarayon metal tarkibida oz miqdorda P qolguncha davom ettiriladi.Bu usuldan faqatgina kam miqdorli P li metal uchun qo‘llaniladi.

SHunday qilib metal tarkibidagi P ni yo‘qotishni quyidagi asosiy shartlarga bo‘lish mumkin:

1.Oksidlovchi muxit xosil qilish.Bunda shlak tarkibidagi FeO yuqori faollikda bo‘ladi.

2.Shlakning yuqori asosli bo‘lishi.

3.Oz miqdorda P bo‘lgan yangi shlak xosil qiluvchini berilishi.

4.Nisbatan pastroq xarorat.

Agar yuqoridagi sanab o‘tilgan shartlarning birontasi buzilsa shlak tarkibidagi oksidlangan P ni yana qaytib metal tarkibiga tiklanadi.



Download 457.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling