Kurs ishining o`rganilganlik darajasi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini oshirish, o’quv topshiriqlarini tuzish, samarali usullarni qo’llash kabi masalalar pedagog, metodist olimlarning diqqat markazida bo’lgan. Fikrimiz dalili sifatida quyidagilarni keltiramiz:
“Boshlang’ich sinflarda matematikani tabaqalashtirgan holda o’qitish“ (Bikbayeva Н.U.), “Boshlang’ich sinflarda matematik masalalarni yechishda grafik tasvirlardan foydalanish usullari” (Levenberg L.Sh.), “Kichik yoshdagi o’quvchilarning 4-5-sinflarda matematika bo’yicha mantiqiy tayyorgarlik” (Каmolova Т.), “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematika o’qitishda o’quv faoliyatlarini faollashtirish muammolari” (Rayhonov Sh.R.), “Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarida uzunlik va yuza kabi miqdorlar to’g’risidagi tushunchalarni shakllantirish masalalari”, (Solixova М.) “Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda iqtisodiy-statistik bilim elementlarini shakllantirish” (Hamedova N.А.) “Og’zaki matematik mashqlar sistemasi yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilarining hisoblash malakalarini shakllantirish” (Zaynutdinova М.), “Boshlang’ich maktab o’quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirshning didaktik asoslari” (Ibragimov R.), “Boshlang’ich sinf matematika darslarida ijodiy topshiriqlar tizimi” (Qosimov F.), kabi tadqiqotlar boshlang’ich ta’limda matematika ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Innovasion pedagogika, pedagogik texnologiyalarning yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. O‘zbekistonda N.Azizxo‘jayeva, J.Yo‘ldoshev, A.Aliqulov, N.Do‘stanov, A.Gomish, R.Ishmuxammedov, M.Ochilov, N.Saidaxmedov, B.Farberman, O‘.Tolipov va boshqalar. MDH davlatlarida, jumladan, Rossiyada, A.Atutov, V.Bespalko, Y.Babanskiy, T.Raboy, M.Klarin va boshqalar. Xorijiy davlatlarda esa Djeni Still, G.Dayana, Kert Meredis, B. Inxeldel, Charloz Templ, D.Kluster, J..Gimans va boshqalar, N.Azizxo‘jayeva o‘z tadqiqotlaridan pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni ilmiy-nazariy asoslariga hamda o‘qitishning zamonaviy muammolarini ochib berishga alohida etibor qaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |