Mavzu №14. Don va don mahsulotlarini saqlash tarkibi va usullari
Download 0.54 Mb.
|
14-mavzu
Donni quritish uchun foydalaniladigan maydonchalar asfaltlangan yoki taxtadan pol qilingai bo’lishi kerak. Donni sementlangan yoki brezent to’shalgan maydonlarda quritish tavsiya qilinmaydi. Quritish maydonchalari janubga qarab biroz qiyalikda barpo etilsa, donning qurishi ancha tezlashadi. Donni quyoshda quritishda muntazam ravishda har 2—3 soat mobaynida ag’darib turish lozim.
Agar bu texnologiya to’gri bajarilsa, uning namligi bir kunda 1—3 foizga kamayishi mumkin. Don uyumini queshda quritish uning pishib etilishi jarayonini tezlashtirib, saqlashga chidamliligini oshiradi. Mikroorganizmlar, harorat va kanalar miqdori don uyumida keskin kamayadi. Don uyumi quyosh nurida ma’lum miqdorda sterillanadi. Donni sun’iy usulda quritish uni ruxsat etilgan isitish harorati, havoning harorati va quritish texnikasining xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Don va urug’larni issiqlik bilan don quritgichlarda quritish asosiy va yuqori unumli usul xisoblanadi.
Don qabul qiluvchi davlat tashkilotlarida, xo’jaliklarda xar yili millionlab tonna don va urug’lar quritiladi. Dehkon xo’jaliklarida don va urug’ni quritish ko’pincha davlat korxonalarinikiga qaraganda qimmatga tushadi, chunki xo’jaliklarda samaradorligi past bo’lgan quritgichlarni ishlatibgina emas, balki jarayonlarni aniq tashkil etmaslik, quritish tartiblariga rioya qilmaslik oqibatida shunday bo’ladi. Don va urug’larni quritishni unumli tashkil etish uchun quyidagi asosiy holatlarni bilish va hisobga olish kerak.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling