Mavzu №15 turg’unlik davrini kesish jarayononing tezligiga bog’likligi reja
Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg’unlik kursatkichlari
Download 255.82 Kb.
|
Маъруза 15 Word
Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg’unlik kursatkichlari. z (yoki m) kattaliklarni doimiy deb xisoblab bUlmaydi. Kursatkichlarni uzgarishida aniqlangan qonuniyatlar mavjud.
z kattalik kesish tezligi va xaroratini kesuvchi asbobning eyilishiga va turg’unligiga ta`sir etish darajasini xarakterlaydi. Agarda keskichning Utmaslanishi issiqlik omillarini ta`sirisiz faqat mexanik ishqalanish natijasida sodir bulganda edi, u xolda Utmaslanish mezoni sifatida qabul qilinuvchi doimiy eyilishga ishqalanishning doimiy ishi (Utmaslanish davrigacha) muvofiq bUlar edi. Doimiy kesish kuchida ishqalanish ishi, kesish tezligi yUnalishida keskichni bosib Utgan L nisbiy yUliga proportsional buladi va doimiy Utmaslanish mezoniga ishqalanish yUlining doimiy qiymati javob berar edi. YOki w=wkr=const bulganda L=VT=const Bu erdan SHunday qilib, yuqori xaroratlarni ta`sirisiz, toza mexanik ishqalanishda Z kursatkich birga teng bUlar edi. Lekin kesuvchi asbobning ishchi qirralarini mexanik ishqalanishidan tashqari kesish jarayonida kesuvchi asbob kesuvchi qirrasining kontakt yuzalarida xamma vaqt xaroratlarni oshish joyiga ega, bu kesish tezligini eyilishiga ta`sirini kuchaytiradi. SHuning uchun amaliy jixatdan z kattalik kup xollarda birdan ancha katta buladi. Kesuvchi asbobni eyilishida kesish xarorati qanchalik katta rol oynasa, z kursatkich shunchalik yuqori buladi. YUqori xaroratga kam ta`sir qiladigan mineralokeramik keskichlar bilan ishlashda (TSM 332 kesuvchanlik xususiyatlarini 1200S gacha saqlaydi) z kursatkich 2-4 chegaralarda joylashadi. Bunday yuqori xaroratlarga bardosh bera olmaydigan qattiq qotishmalar (kesuvchanlik xususiyatlari 200 - 1000 S gacha saqlanadi) bilan yunishda z kursatkich Urtacha 5 ga teng buladi. Biroq, pasaygan kesish tezligi bilan qobiq buyicha chuyan va pulat quymalarni qattiq qotishmalar bilan shilishdi (obdirka) abraziv eyilish ustun keladi va z qiymat ancha kamayadi (z = 2,5 - 3,5 ). Tezkesar keskichlar (R18) qattiq qotishmalarga nisbatan kam issiqbardoshlikka ega (560 - 580 S xaroratgacha bardosh beradi) va ular uchun z qiymat ancha katta (z=8) buladi. YUqori xaroratga yanada ta`sir qiladigan kam legirlangan tezkesar pulatlardan tayyorlangan keskichlar uchun z=10 buladi. Tekisliklarni tezkesar frezalar bilan frezalashda z kursatkich 3 ga teng, ya`ni yunishdagicha nisbatan ancha kam buladi. Bu quyidagicha tushuntiriladi, frezaning xar bir tishi tez-tez tanaffuslar bilan ishlaydi va kesish xarorati tUxtovsiz yunishdagicha nisbatan past buladi. Sidirishda z kattalik yanada kichik buladi (z=0,5-0,87 yoki m=2-1,15), bu odatda juda past kesish tezligida [0,025-0,150 m/sek (1,5-9,0m/min)] bajariladi. Biz turli xil kesuvchi asboblar bilan ishlashda z qiymatlarni kUrib chiqdik. Lekin bitta kesuvchi asbob bilan ishlashda z qiymat shuningdek doimiy bUlib qolmaydi va xammadan xom kesish tezligiga va kesuvchi asbobning turg’unlik davriga bog’liq buladi. YUqori turg’unlik davrlari ( va pasaygan tezliklar) zonasida z kursatkich kamayadi. Uning natijasida logarifmik koordinatalarda T-V chiziq tugri emas balki egri chiziq bilan ifodalanadi: yuqori turg’unlik zonasida bu chiziq pastga egiladi ( 88 shaklda shtrixli chiziq bilan kUrsatilgan ) T-V chiziqning bunday shaklida z kursatkich V va T larning xoxlagan qiymatlari uchun berilgan nuqtada chiziqqa urinma bulgan Uzgaruvchi qiyalik burchagining tangensi bilan ifodalanadi. Turli xil turg’unlik davrlarida z kursatkich doimiy qiymatni saqlanishini faraz qilib va xech qanday chegarasiz uni qabul qilganimizda edi T-V bog’liqlik xaqiqatga tugri kelmaydigan natijalarga olib kelishini oddiy misol bilan kUrsatish mumkin. z=const=8 bUlsin va V1 = 1 m/sek (60 m/min) da turg’unlik davri T1 = 7200 sek ( 2 soat). V2 = 0,1 m/sek (6 m/min) tezlikda T2 turg’unlik davrini topish talab qilinadi. (3) formula buyicha T2 ni topamiz. million soat yoki 23000 yilga yaqin, bu albatta mumkin emas. SHunday qilib, T-V bog’liqlik V va T qiymatlarni Uzgarish keng diapazonda (1) va (2) kurinishdagi emprik formula bilan aniq ifodalangan bulishi mumkin emas, agarda unda z=const deb qabul qilinsa. Faqatgina turg’unlik davrini chegaralangan Uzgarish chegarasida, taxminan 10 dan 100 - 120 min gacha, qUsh logarifmik setkada T-V bog’liqlikni ifodalovchi chiziq uchastkasini z=const bulganda (1) yoki (2) formulaga muvofiq bUluvchi tugri chiziq bUlagi sifatida etarlicha yaqinlashish bilan kUrib chiqish mumkin. Biroq, bunday turg’unlik davrning tor diapazonida T=80–90 dan boshlab z qiymatni bir shuncha kamayish seziladi. Kupgina eksperimental tekshirishlar shuni kUrsatadiki z qiymatga shuningdek kesik kesimining Ulchamlari ta`sir etadi: surishni oshishi bilan z kursatkich kamayadi. Usha yUnalishda z qiymatga kesish chuqurligi juda kam ta`sir etadi. Amaliy jixatdan xisoblar uchun turli xil surish va kesish chuqurligida bir xil z (yoki m) qiymatlarni qabul qilish mumkin. 10 - jadvalda umummashinasozlik normativ maxlumotlari buyicha [51] Utuvchi keskichlar uchun z va m Urtacha xisobiy qiymatlari keltirilgan. Bu jadvalda keltirilgan daraja qiymatlari 10 dan 120 minutgacha bulgan turg’unlik qiymatlari uchun xaqiqiydir. jadval-22
Izox: Qattiq qotishma bilan qoplangan keskichlar bilan qobiq buyicha chuyan quymani ishlashda z=2,5-3; pulat quymaning qobig’i buyicha shilishda z=3-3,5 Download 255.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling