Mavzu 2: Harakat tayanch tizimi


Qad-qomatning shakllanishi


Download 449.21 Kb.
bet11/13
Sana03.11.2021
Hajmi449.21 Kb.
#170377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Maruza - 2

Qad-qomatning shakllanishi.

Har bir odam tanasini o`zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog`liq. Qad-qomatning shakllanishida ayniqsa, umurtqa pog`onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog`onasi tabiiy bukiladi. Bo`yin va bel qismida umurtqa pog`onasi bir oz oldinga, ko`krak va dumg`aza qismida bir oz orqaga egilgan bo`ladi. Shuning uchun oldinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo`lgan bolalarda bo`lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo`ladi. Ularning normal holda bo`lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto`g`ri shakllanishiga ta`sir etadi. Bundan tashqari, qad-qomatning shakllanishida ko`krak qafasi, qo`l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.

Qad-qomati to`g`ri odam tik turganida boshini, bo`ynini tanasiga nisbatan to`g`ri va tik tutadi, ikkala elkasi va ikkala kuragi bir tekislikda bo`ladi. Oyoqlari tik va to`g`ri holatda bo`lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, oshiqlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi, qorin bir oz ichga tortilgan, ko`krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo`ladi.

Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi bir necha xil bo`ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad-qomat.

Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga engashgan, elkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi. Bunday holat skelet muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo`lishi tufayli yuzaga keladi.

Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o`xshab ko`tarilib turadi. Orqa elka qismi do`mbayib, bukir holat yuzaga keladi.

Lordotik qad-qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq bo`ladi. Ko`krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo`ladi. Bunday holat umurtqa pog`onasining bel qismi normadan ko`proq oldinga bukilishi, bo`yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi.

Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli odam tik turganida elkalarining biri past, ikkinchisi baland bo`ladi, ko`kraklari ham past, baland bo`lib, ko`krak qafasining bir tomoni bo`rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq xolatda bo`ladi. Bunday odam tanasini tik va to`g`ri tuta olmaydi, ya`ni tik turganida gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo`ladi.

Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko`rinishi o`zgarmasdan, balki u ichki organlar (o`pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funktsiyasiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo.

Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiena qoidalariga amal kilish kerak:

- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to`shakda uxlashga o`rgatish, yostiq pastroq bo`lishi kerak. To`shakning qalin va yumshoq bo`lishi, yumshoq prujinali karavot, baland yostiq, bolaning umurtqa pog`onasi egrilanib qolishiga sabab bo`ladi;

- bolani olti oylik bo`lguncha o`tqazmaslik, o`n oylik bo`lguncha oyog`ida uzoq vaqt tik turg`azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog`onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo`lganligi sababli tana og`irligini ko`tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin;



- 4-5 yoshgacha bo`lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo`lidan etaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko`tarilishi tufayli umurtqa pog`onasi egrilanib qolishi mumkin; kichik yoshdagi bolalar, boshlang`ich sinf o`kuvchilari uzoq vaqt bir joyda o`tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og`ir buyumlarni ko`tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo`lida ish bajarmasligi kerak.

Bularning barchasi bolaning umurtqa pog`onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo`ladi (24-rasm);

Bolalar va o`quvchilar bo`ylariga mos parta, stol-stullarda o`tirishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda);

O`quvchilar parta, stol-stulda o`tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o`tirganda gavdasi tik, elkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig`iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo`g`imida to`g`ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko`krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo`lsin.

Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo`lgan odamlar yuqorida ko`rsatilgan qoidalarga amal kilsalar, ularning qad-qomati to`g`ri, chiroyli bo`lib shakllanadi.

Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko`ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.

Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko`proq qismi o`yiqroq chukurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo`ladi. Bunday tuzilishi tana og`irligining oyoqning tovon va kaft qismlariga barvar taqsimlanishini ta`minlaydi.

Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o`yiq (chuqur) qismining satori kamaidi, ba`zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo`lib qoladi (25-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi:

- bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko`proq yurganda, yugurganda, og`ir yuk ko`targanda oyog`ining tovon-panja va boldir muskullarida og`riq paydo bo`ladi.

- yassioyoqlik umurtqa pog`onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo`ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to`g`ri tuta olmaydi;

- yassioyoqli odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo`llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og`irligi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og`riq seziladi;

- bunday odamlar ko`proq tik turganida va yurganida oyog`ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo`lgan poyabzal ko`pning ikkinchi yarmida oyoqni qisa boshlaydi;

- yassioyoqlikda tananing massasi ko`proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz ahvolga kelib qoladi.

Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Tug`ma bo`lishi bu nasldan-naslga berilishi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta`siri natijasida sodir bo`lishi mumkin.

Yassioyoqlikning tug`ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:

- bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vavt oyog`ida tik turg`izish;

- yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; o`quvchilar kun bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashg`ulot vaqtida kiyish kerak);

- poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo`lgan poyabzallarni kiyish;

- og`ir yuk ko`tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e`tibor berish kerak.


Download 449.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling