Mavzu 2: Harakat tayanch tizimi


Tayanch-harakatlanish sistemasiniig rivojlanishida jismoiiy tarbiya va mehnatniig roli


Download 449.21 Kb.
bet10/13
Sana03.11.2021
Hajmi449.21 Kb.
#170377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Maruza - 2

Tayanch-harakatlanish sistemasiniig rivojlanishida jismoiiy tarbiya va mehnatniig roli.

Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o`sishi, rivojlanishida, qad-qomatining shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish natijasida muskul to`qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko`payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta`minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlardan ma`lum bo`lishicha, jismoniy mashq bilan shug`ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlari (kapillyarlar) ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko`p bo`ladi. Bunday odamlar muskullarining qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta`minlanishi yaxshi bo`lganligi uchun muskul hujayralari titoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko`payadi. Bu esa muskul tolalarining yo`g`onlashuviga va ular mustaxkam bo`lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.

Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo`lishi , o`z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga ularning mustahkam bo`lishiga imkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug`ullansa, tayanch-harakat sistemasining o`sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo`ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalari (o`pka, yurak, qon tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nervlar) funktsiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta`siriga chidamli va chiniqqan bo`ladi. Ma`lumki, bunday kishilar kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko`radi.

Mashhur fiziolog I.P.Pavlov 87 yil umr ko`rgan. U juda ishchan, sog`lom, o`tkir zehnli, harakatchan, tetik odam bo`lgan, chunki u muntazam ravishda jismoniy mehnat va sport bilan shug`ullangan. U jismoniy mehnatning ahamiyati haqida shunday deb yozgan edi: «Men butun umrim bo`yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto ortiqroq sevaman».




Download 449.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling