Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja


Download 465.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi465.94 Kb.
#1035518
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA\'RUZA (1)



Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari.
Tadqiqot usullari.
Reja: 
1. Geografik qobiq Umumiy Yer bilimining o’rganish ob’ekti 
2. Umumiy Yer bilimi fanining maqsadi. 
3. Umumiy Yer bilimi fanining vazifalari. 
4. Umumiy Yer bilimini o’rganish va rivojlantirishda tadqiqot usullarining ahamiyati. 
5. Fanlararo qo’llaniladigan usullar 
6. Maxsus tadqiqot usullari 
Tayanch iboralar: Tabiiy muhit, tabiiy hodisa, jarayon, geografik qobiqning 
ko’ndalang va bo’ylama tuzilishi, geografik qobiqni boshqarish modeli, tadqiqot usullari 
- tizimli tadqiqot, matematik, geoximik, geofizik, modellashtirish, qiyosiy tavsif, 
ekspeditsiya, kartografik, paleogeografik, landshaft-indikatsiya. 
Umumiy yer bilimi yer sharining hamma qismini emas, balki uning eng ustki
murakkab tuzilishga ega bo’lgan qatlami hisoblangan geografik qobiq tabiatini,
tuzilishini, rivojlanish qonuniyatlarini va territorial bo’linishini o’rganadi. GQ yer 
yuzasida atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaning o’zaro aloqasi, bir-biriga ta’siri 
natijasida uzoq vaqt davom etgan evolyutsion jarayon oqibatida vujudga kelgan 
murakkab, to’xtovsiz rivojlanishga ega bo’lgan yaxlit (bir butun) tizimdir. 
GQ hududiy ko’lamining aniq chegarasi yo’q Geografik qobiqning yuqorigi va 
quyi chegarasi hayot tarqalgan joylar chegarasiga to’g’ri keladi. Geografik qobiq o’rtacha 
balandligi 11 km bo’lgan troposferaning, yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km 
gacha boradigan butun suv qobig’ini hamda litosferaning yuqorigi 2-3 km qatlamni o’z 
ichiga oladi.
Umumiy Yer bilimi, bu geografik qobiq haqidagi ta’limit bo’lib, yuqorida qayd 
qilganimizdek u tabiatni kompleks o’rganuvchi fandir. GQ – tarixan tarkib topgan va 
uzluksiz rivojlanishga ega bo’lgan sifat jihatidan o’ziga xos murakkab va murakkab bir 
butun tizimdir. Umumiy yer bilimining o’rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografik 
qobiq haqidagi ta’limot XX asrning 30-yillarida yaratilgan bo’lsada, ammo uning ayrim 
g’oyalari tabiiy geografiya fanining rivojlanishining butun tarixi davomida shakllana 
borgan. Ko’p davrlar davomida geografiya asosan Yer yuzasini tasvirlash bilan 
shug’ullanib keldi. Geografik o’lkalarni, mamlakatlarni tasvirlash bilan bir qatorda ilmiy 
geografiya ham rivojlana boshladi. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni 
ilmiy asoslashga o’tish A. Gumboldt asarlarida ko’rina boshladi. Shunday qilib, umumiy 

Download 465.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling