Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja
Download 465.94 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MA\'RUZA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartografik usul
- Aerokosmik usullari
Ekspeditsiya yoki dala usuli tabiiy geografiyaning asosiy usullaridan biridir.
Geografik nazariyalar asosan dalada to’plangan ma’lumotlar asosida rivojlanadi. SHuning uchun mazkur usul antik davrdan to hozirgi davrgacha geografik ma’lumotlar olishning va tabiatni hamda xo’jalikni o’rganishning asosiy usuli bo’lib hisoblanib kelmoqda. Ekspeditsiyalar kompleks va maxsus qismlarga bo’linadi. Kompleks geografik ekspeditsiyalarda ma’lum bir hududning tabiiy yoki iqtisodiy geografik sharoiti har tomonlama to’la o’rganiladi. Masalan, Buyuk shimol ekspeditsiyasi (1733-1743), akademik ekspeditsiyalar (1768-1774) va boshqalar. Birinchi kompleks ekspeditsiya natijasida Kamchatka yarim oroli tabiati o’rganildi, Shimoliy Amerikaning shimoli- g’arbiy qismlari ochildi, SHimoliy Muz okeani qirg’oqlari o’rganildi. Ikkinchi, ya’ni kompleks akademik ekspeditsiyalarda Rossiyaning turli qismlarini tabiati o’rganildi. 30- yillardagi Tojik-Pomir kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm ekspeditsiyalari ana shunday ekspeditsiyalardan bo’lgan. Mazkur ekspeditsiyalar tabiatni yoki xo’jalikni ayrim tarkiblarini hamda tarmoqlarini o’rganish uchun uyushtiriladi. Masalan, geologik qidiruv ekspeditsiyalarida hududning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, tuproqshunoslik ekspeditsiyalarida tuproqlar, landshaftshunoslik ekspeditsiyalarida landshaftlar o’rganiladi. Bundan tashqari muntazam ishlaydigan ekspeditsiyalar ham uyushtiriladi. Masalan, Tyan-Shan statsionari 1945 yilda ochilgan. Kartografik usul har bir geografik tadqiqot ishlarida qo’llaniladi. Kartografik usul yordamida tabiiy va iqtisodiy sharoitning umumiy va xususiy tomonlari tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabiiy xaritalar, geologiya, tuproq, o’simlik, landshaft, qishloq xo’jaligi, sanoat va boshqa xaritalar. Aerokosmik usullari ham tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi, ular turli ilmiy ishlarda hamda xaritalar tuzishda foydalaniladi. Download 465.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling