Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja
Download 465.94 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MA\'RUZA (1)
yer bilimining maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir bo’ladigan jarayonlarni
va hodisalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda Yer tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida geografik qobiqning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Shuningdek u tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan narsa va hodisalar to’g’risida, ular orasidagi o’zaro munosabatlar haqida umumiy xulosalar qiladi, geografik qobiqni bir butun holatda o’rganadi, tabiiy fanlar yutuqlarini tahlil qilib, yakuniy xulosalar chiqaradi. Umumiy yer bilimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishni sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda oqilona boshqarishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - geografik qobiq hozirgi paytda inson tomonidan muntazam ravishda o’zgarmoqda. Shuning uchun geografik qobiq jamiyat bilan uzviy ravishda bog’langan. Natijada geografik qobiq tarkibida tabiiy-texnogen tizimlar shakllangan. Geografik qobiqni holati o’zgara boshlaydi, bunday yangi holatda geografik qobiq yangi miqdoriy jihatlarga ega bo’ladi. Tabiiy-texnogen tizimlarni shakllanishini tarkibini va tuzilishini o’rganish Umumiy Yer bilimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi; - geografik qobiqni boshqarish juda murakkab muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun geografik qobiqning boshqarishni modelini ishlab chiqish mazkur fanning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi; - geografik qobiqning tuzilishi murakkabdir. Shu sababli umumiy yer bilimining muxim vazifalaridan biri geografik qobiqning bo’ylama va ko’ndalang tuzilishini asosiy hususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganishdir; - geografik qobiq doimo rivojlanishda va xarakatdadir. Mazkur xarakatlarni o’rganish geografik qobiqning asosiy hususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Umumiy yer bilimining navbatdagi vazifasi geografik qobiqdagi xarakatlar sababini va oqibatini o’rganishdan iboratdir; - geografik qobiq murakkab rivojlanish tarixiga ega. Uning rivojlanishining va murakkablashishining ma’lum bir bosqichida Yerda hayot va odam paydo bo’lgan. Shuning uchun umumiy yer bilimi geografik qobiqning rivojlanish tarixini alohida o’rganadi. - Tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishda quyidagi reja asosida ish olib boradi: dastlab kuzatadi, so’ngra kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish (tahlil qilish), baholash, takliflar kiritish, narsa va hodisalarning rivojlanishini bashorat qilish va nihoyat, rivojlanishini maqsadli yo’nalishlarga qaratish muhim vazifalaridan hisoblanadi. Ayrim olimlar endilikda «geograflar uchun ish qolmadi» deb hisoblashmoqda. Materik va okeanlar kashf qilib bo’lindi, quruqlik yuzasida odam qadami yetmagan joy qolmadi, hatto okean tublari ham suv osti keamlari, maxsus apparatlar yordamida tekshirib bo’lindi. Ayni paytda kosmik tasvirlar tahlili asosida nafaqat quruqlik (materik va orollar), balki okean tublari, Yer osti qazilma boyliklari haqida mukammal ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ma’lumotlar to’plangan. Aniq geografik xaritalar tuzib bo’lindi. Endilikda hoxlagan ob’ekt (tog’, daryo, g’or, shahar, davlat va b.) haqida qomusnomalardan yoki maxsus adabiyotlar va Internet orqali xonada ( kutubxona, uyda) o’tirib bilib olish mumkin. Guyo Yer haqidagi fanlar orasida geografiyaga o’rin qolmagandek. Download 465.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling