Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja


Download 465.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi465.94 Kb.
#1035518
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA\'RUZA (1)

Tabiiy geografiyaning vazifalari. Yangi asrning dolzarb muammolaridan biri – 
tabiat bilan jamiyat orasidagi o’zaro munosabatlar hosilasi bo’lgan geoekalogik 
muammolar ham tabiiy geografiyaning tekshirish ob’ektiga aylandi. SHuni hisobga 
olsak, insonlarning xo’jalik faoliyatini tabiatda sodir bo’layotgan narsa va hodisalarning 
asosiy omili tariqasida tadqiq etish ham umumiy tabiiy geografiyaning asosiy 
vazifalaridandir. Negaki Yer tabiatining bundan buyongi taraqqiyoti, uning taqdiri 
insonlarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib qoldi. Darhaqiqat, inson tabiat bag’riga shiddat 
bilan uni zabt etish maqsadida karib bordi. Lekin qaytib chiqishda o’zidan keyin 
cho’llarni qoldirdi, ekalogik tanazzulli mintaqalarni qoldirdi. Insonni yaratgan va undan 
ozor chekan ona tabiat ham insonlarning sog’lig’iga va ish faoliyatiga kuchli salbiy ta’sir 
eta boshladi. Bunday holatlarni ilmiy asosda yechishni bita fan eplay olmayapti. Lekin 
turli bilimlarni analiz va sintez qilish imkoniyatiga ega bo’lgan umumiy tabiiy geografiya 
ma’lum darajada bu muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega. Tabiiy geografik 
tadqiqotlar olib borishda hamma fanlarda qo’llaniladigan, hamda maxsus tadqiqot 
usullaridan foydalaniladi. 


Hozirgi paytda deyarli hamma fanlarda tizimli tadqiqot usullari keng qo’llaniladi. 
Tizimli tadqiqot usulida har bir tabiiy geografik borliq (ob’ekt) o’zaro ta’sirda bo’ladigan 
turli xil tarkibiy qismlardan iborat tizim deb qaraladi. Geografik qobiqni tizim deb 
oladigan bo’lsak, u yana vertikal va gorizantal yo’nalishda yanada maydaroq 
tizimchalarga, mazkur tizimchalar yanada kichikroq tizimchalarga bo’linib ketadi. 
Bundan tashqari tabiiy geografiyada fanlararo qo’llaniladigan matematik, geoximik, 
geofizik va modellashtirish usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi paytda tabiiy geografiyada matematik usullar juda sustlik bilan 
qo’llanilmoqda. Ko’proq matematik statistika va ehtimollar nazariyasi qo’llanilmoqda. 
Geografik ob’ektlar juda murakkab bo’lganligi uchun hozirgacha ularni matematik 
jihatdan ifodalash ancha murakkab masala hisoblanadi. SHunga qaramasdan murakkab 
matematik tahlil usullari geomorfologik tadqiqotlarda keng qo’llanilmoqda (Devdariani, 
1973).
Geoximik usullar landshaftshunoslik tadqiqotlarida keng qo’llaniladi. 
Geoximik usul yordamida landshaftshunoslikda ximiyaviy elementlarni harakati 
o’rganiladi. Ximiyaviy elementlar ko’proq balandliklardan pastqam joylar tomon harakat 
qiladi. Natijada turli xil landshaftlar hosil bo’ladi. Geofizik usullar yordamida 
landshaftlarda sodir bo’ladigan energiya va modda almashinuvi jarayoni o’rganiladi. 
Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda jamiyat va 
tabiatni o’zaro ta’sirini modellashtirish tabiiy geografiyani va ekologik geografiyaning 
asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Tabiiy geografiyada maxsus tadqiqot usullari 
keng qo’llaniladi. Ular tabiiy geografiyaning o’zida ishlab chiqilgan usullardir. Bunday 
usullarga qiyosiy tavsif, ekspeditsiya, kartografik, paleogeografik, landshaft-indikatsiya 
va boshqa usullar kiradi. Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo’llab 
kelinadi. Hozirgi davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borishning asosiy 
usuli hisoblanadi. Qiyosiy-tavsif usuli turli hududlarni relefini, iqlimini, ichki suvlarini
o’simligi, tuproq, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari va landshaftlarni o’rganishda keng 
qo’llaniladi. Mazkur usul mamlakatshunoslikda ko’proq foydalaniladi. 

Download 465.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling