Parallel ulash deb - elementlarning (qarshiliklar) shartli boshlanishlari elektr manbasining birinchi simiga, shu elementlarning (qarshiliklar) oxirlari elektr manbasining ikkinchi simiga ulanishiga aytiladi yoki bu shunday ulanishki, barcha elementlar (qarshiliklar) da kuchlanish bir xil (teng) bo`ladi. - Parallel ulash deb - elementlarning (qarshiliklar) shartli boshlanishlari elektr manbasining birinchi simiga, shu elementlarning (qarshiliklar) oxirlari elektr manbasining ikkinchi simiga ulanishiga aytiladi yoki bu shunday ulanishki, barcha elementlar (qarshiliklar) da kuchlanish bir xil (teng) bo`ladi.
- U = U1 = U2 = U3 = … = Un
- Sxemada barcha passiv elementlar parallel ulangan (21 a -rasm) yoki bir qismi parallel ulangan bo`lishi mumkin. Har bir parallel ulangan element bitta tarmoq hosil qiladi. Har bir tarmoqdagi tok Om konuniga asosan aniqlanadi:
- Ik =U/ Rk = U gk (*) bu yerda
Umuman, tok Kirxgofning birinchi qonuniga asosan har bir tarmoqdagi (qarshiliklardagi) toklarning yig`indisiga teng bo`ladi. - Umuman, tok Kirxgofning birinchi qonuniga asosan har bir tarmoqdagi (qarshiliklardagi) toklarning yig`indisiga teng bo`ladi.
- I = I1 = I2 = I3 = … In
- yoki
- I = g1 U + g2 U + g3 U +… + gn U = ( g1 + g2 + g3 + …+ gn ) U = gekv U
- bu yerda
- zanjirning ekvivalent o`tkazuvchanligi
Shunday qilib, passiv elementlar parallel ulanganda ekvivalent o`tkazuvchanlik shu elementlar o`tkazuvchanliklarning yig`indisiga teng. Ekvivalent o`tkazuvchanlik har doim istalgan parallel ulangan tarmoqlarni o`tkazuvchanligidan katta bo`ladi. - Shunday qilib, passiv elementlar parallel ulanganda ekvivalent o`tkazuvchanlik shu elementlar o`tkazuvchanliklarning yig`indisiga teng. Ekvivalent o`tkazuvchanlik har doim istalgan parallel ulangan tarmoqlarni o`tkazuvchanligidan katta bo`ladi.
- Parallel ulanganda ekvivalent qarshilik kamayadi
- 1/ Rekv= 1/ R1 + 1/ R2 + 1/ R3 + … + 1/ Rn = g1 + g2 + g3 + … + gn = gekv
- U vaqtda elektr zanjirining ekvivalent sxemasi 21b -rasmdagidek bo`ldi. Elektr zanjirining tarmoqlanmagan qismidagi tok Om qonuniga asosan aniqlanadi.
- I = U/ Rekv = gekvU
- Elektr manbasini kuchlanishi doimiy (const) bo`lsa, parallel ulangan elementlar soni oshirilsa (bu ekvivalent o`tkazuvchanlikni kattalashtiradi) tarmoqlanmagan qismdagi tok (elektr manbasi toki) ortadi. (*) formuladan ko`rinib turibdiki, alohida tarmoq o`tkazuvchanligi va toki boshqa tarmoqlarning toki va o`tkazuvchanligiga bog`liq emas. Parallel tarmoqlarning bir-biriga bog`liq emasligi, ya'ni passiv elementlarning parallel ulashning qulay tomonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |