Mavzu: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi. Mundarija Kirish I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari


Download 357.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.02.2023
Hajmi357.86 Kb.
#1165793
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu 3-sinfda matematikadan o\'qitish jarayonida mehnat tarbiya

Kurs ishining predmeti: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida 
mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikasi o‟rganish jarayoni. 
Kurs ishining maqsadi: 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida mehnat 
tarbiyasini shakllantirish metodikasi aniqlash. 

Kurs ishining metodologiyasi: O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 
O‟zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to‟g‟risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi», psixologiya sohasidagi ta‟limotlari, pedagog va psixolog 
olimlarning bola tarbiyasi va oilaviy munosabatlar haqidagi fikrlari hamda ota-
onalarning jamiyatda tutgan o‟rni to‟g‟risida bildirgan g‟oyalari. 
Kurs ishining ilmiy yangiligi: o‟tkazgan tajriba-sinov materiallari va 
xulosalar 
asosida 
oilaviy 
munosabatlar 
sharoitida 
bolalar 
tarbiyasini
shakllantirshning tavsifini yaratish va ota-onalar hamda murabbiylar uchun 
yaratilgan tavsiyalarimizdir. 


Kurs ishining nazariy ahmiyati: Kurs ishiimiz davomida hozirgacha 
kam o‟rganilgan muammo sifatida oilaviy munosabatlar shart-sharoitida bolalar 
tarbiyasining o‟ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatlarini o‟rganib, tajriba-sinov 
ishlarida sinab ko‟rib, ozgina bo‟lsa-da bu muammoni boyitishga o‟z 
materiallarimiz 
bilan 
hissa 
qo‟shishdan 
iborat. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


I bob. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan 
foydalanish va o'qitish jarayonining o’ziga jihatlari 
1.1. 4-sinfda matematikadan o'qitish jarayonida interfaol metodlaridan foydalanish
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta„lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo„llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar 
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta„lim metodlari hozirda eng ko„p tarqalgan va 
barcha turdagi ta„lim muassasalarida keng qo„llanayotgan metodlardan 
hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta„lim metodlarining turlari ko„p bo„lib, 
ta„lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish 
maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan 
maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo„llash mumkin. Bu holat hozirda 
interfaol ta„lim metodlarini ma„lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to„g„ri 
tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil 
qilinishi, ta„lim beruvchi tomonidan ta„lim oluvchilarning qiziqishini orttirib
ularning ta„lim jarayonida faolligi muttasil rag„batlantirib turilishi, o„quv 
materialini kichik-kichik bo„laklarga bo„lib, ularning mazmunini ochishda aqliy 
hujum, 
kichik 
guruhlarda 
ishlash, 
bahs-munozara, 
muammoli 
vaziyat, 
yo„naltiruvchi matn, loyiha, rolli o„yinlar kabi metodlarni qo„llash va ta„lim 
oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol 
metod biror faoliyat yoki muammoni o„zaro muloqotda, o„zaro bahsmunozarada 
fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, 
butun faoliyat o„quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o„rgatib, mustaqil hayotga 
tayyorlaydi.O„qitishning interfaol usullarini tanlashda ta„lim maqsadi, ta„lim 
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o„quv muassasasining o„quv-moddiy sharoiti, 
ta„limning davomiyligi, o„qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e„tiborga 
olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta‟lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan 


metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo„llanilganda ta„lim beruvchi ta„lim oluvchini 
faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta„lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok 
etadi. Ta„lim oluvchi markazda bo„lgan yondashuvning foydali jihatlari 
quyidagilarda namoyon bo„ladi:
ta„lim samarasi yuqoriroqbo„lgan o„qish-o„rganish; 
ta„lim oluvchining yuqori darajada rag„batlantirilishi; 
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e„tiborga olinishi;
ta„lim jarayoni ta„lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta„lim oluvchining tashabbuskorligi va mas„uliyatining qo„llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o„rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit 
yaratilishi. 
Shunday qilib, fanlarni o„qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish 
o„ziga xos xususiyatga ega. Ta„lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol 
metodni sinchiklab o„rganish va amalda qo„llash o„quvchi-talabalarning fikrlashini 
kengaytiradi hamda muammoning to„g„ri echimini topishlariga ijobiy ta„sir 
ko„rsatadi. O„quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil 
nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o„quvchi-
talabalarning bilim, ko„nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga 
erishiladi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari. O„qitish 
mazmunini yaxshi o„zlashtirishga olib keladi. O„z vaqtida o„quvchi -o„qituvchi -
o„quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o„rnatiladi. O„qitish usullari ta`lim jarayonida 
turli xil ko„rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh). O„quv jarayoni 
o„qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo„ladi. O„zaro axborot 
berish, olish, qayta ishlash orqali o„quv materiali yaxshi esda qoladi. O„quv 
jarayonida o„quvchining o„zi o„ziga baho berishi, tanqidiy qarashi 
rivojlanadi.O„quvchi uchun dars qiziqarli o„qitilayotgan predmet mazmuniga 
aylanadi. O„qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo„ladi.Har bir 
o„quvchining o„zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib 
keladi.Interfaol usulda o„tilgan darslarda o„quvchi faqat ta`lim mazmunini 
o„zlashtiribgina qolmay, balki o„zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham 


rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o„qituvchi yuksak rivojlangan 
fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo„yicha chuqur mushohoda yuritishga
muammolarni o„z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo„lishi kerak. Interfaol 
metodlarda darsni tashkil etishda o„quvchi shaxsini rivojlantirish o„zi – o„ziga 
zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya`ni o„quvchining: O„zi mustaqil mutoala 
qilishi, o„qishi asosida bilim olishi; O„zini -o„zi anglab etishga, anglab tarbiya 
topishga; O„z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; O„quv mehnatiga 
mas`uliyat xissi bilan qarashga; O„z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir 
daqiqani g„animat bilishga; O„quv mehnatiga o„zida hoxish, istak uyg„ota olishga; 
Har qanday vaziyatda faollik ko„rsata olishga; Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot 
manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga 
o„rganmog„i zarur.Shuning uchun ham hozirgi kunda o„quvchining o„zini – o„zi 
rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida echimini 
kutayotgan dolzarb muammolardandir.Keyingi vaqtlarda o„qituvchilar orasida 
shaxsga qaratilgan ta`lim nima? Interfaol metodda o„qitish nima uchun zarur? 
Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni ta`lim jarayoniga 
qanday olib kiriladi? Uning avvalgi usullardan farqi nimada? degan savollar 
uchraydi.Bu savollarga aniq javob topish uchun shu kunlarda umumta`lim 
maktablarimizda olib borilayotgan an`anaviy darslarni yana bir marotaba tahlil 
etish joizdir.An`anaviy usul 17 asrda Chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiy 
tomonidan taklif etilgan.U o„qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni 
sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng 
tarqalgan. An`anaviy maktab sinf dars sistemasi quyidagicha o„ziga xos 
an`analarga ega: taxminan bir xil yoki yaqin yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin 
bolalar sinfni tashkil etadi.Sinf yagona reja, dastur, darslik, dars jadvali asosida 
ishlaydi. Mashg„ulot turi asosan yagona dars hisoblanadi. Dars ma`lum bir o„quv 
predmeti, mavzuga oid bir xil material ustida ishlaydi.O„quvchilar faoliyatini 
o„qituvchi boshqaradi, har bir o„quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida 
o„quvchini sinfdan – sinfga ko„chirishni ham u hal qiladi, ya`ni o„quvchilarning 
taqdirining hal etilishi o„qituvchi qo„lidadir. Endi interfaol metodlarga batafsilroq 


to„xtalamiz. Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o„quvchilarning o„zaro 
muloqot va o„zaro ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir. 
“CHARXPALAK” interfaol metodi 
O‟quvchilar guruhlarga bo‟linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa 
tarqatiladi. Ushbu metod orqali o„quvchilarni o„tilgan mavzularni yodga olish, 
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to„g„ri javob berish va 
o„zini-o„zi baholashga o„rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o„qituvchi tomonidan 
barcha o„quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni 
qo„llash jarayonida o„quvchilar o„z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo„lib 
ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o„rganadilar. “Charxpalak‟„ interfaol 
usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil etishimiz mumkin. O„quvchilar 
jadval asosidagi so„zlar, shakllarni tegishlisini belgilaydilar. 


Boshlang„ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish 
darsning samarali bo„lishiga, o„quvchilarning aqliy qobiliyatlarini o„stirishga va 
mustaqil fikrlashga keng yo„l ochib beradi. 

Download 357.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling