Mavzu: 8-9 sinflarda basketbol bo’yicha dastur materiallarini o’rgatishda indevidual mashq usullaridan foydalanish metodikasi reja: kirish i-bob: 8-9 sinflarda basketbol о‘yini texnikasi va taktikasini о‘rgatish metodikasi


Download 0.55 Mb.
bet1/11
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1368282
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-9 sinflarda basketbol bòyicha dastur materiallarini òrgatishda indevidual mashq usullaridan foydalanish metodikasi


Mavzu: 8-9 sinflarda basketbol bo’yicha dastur materiallarini o’rgatishda indevidual mashq usullaridan foydalanish metodikasi

REJA:
KIRISH ……………………………………………………………………….…3
I-BOB: 8-9 sinflarda basketbol о‘yini texnikasi va taktikasini о‘rgatish metodikasi………………………………………………………………………..9

    1. Basketbolning rivojlanish tarixi…………………………………………9

    2. Basketbolning rasmiy qoidalari………………………………………….9

    3. Basketbol о‘yinining rasmiy qoidalaridagi о‘zgarishlar……………….13

II-BOB: BASKETBOL O’YIN QOIDASI VA MUSOBAQA TASHKIL QILISH ASOSLARI...........................................................................................27
2.1 8-9-sinflarida jismoniy tarbiya darslarida tabaqalashtirilgan yondashuvni qo'llash mazmuni va metodikasi............................................27
2.2 8-9-sinflarda jismoniy tarbiya darslarida tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash natijalari tahlili..............................................................................30
XULOSA .............................................................................................................39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..........................................................41
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Yurtimizda o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan navqiron o‘g‘il-qizlarimiz uchun chinakam chiniqish va mahorat maktabiga, katta hayot yo‘liga parvoz maydonchasiga aylanib ulgurgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini o‘zida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali bugungi kunda nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. Eng muhimi, ushbu musobaqalar yoshlarimizni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Faqat so‘nggi besh yil ichida respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha hududida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson hamda oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik hamda yetuklikning asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targ‘ib etish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini kutmoqda. Qator sport muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi, sport inshootlaridan samarali foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling