Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi
Download 46.92 Kb.
|
Abdulla Oripov
O‘zgaga ham bermam ovozim.
deb yozishga yuz karra haqli edi. Vatanni kimdir faqat ulug‘lab kuylaydi, butun umri ma’no-mazmunini uni zavq-shavq bilan kuylashda ko‘radi. Kimdir zavq-shavq bilan kuylash qatorida kuyunchaklik bilan Vatandagi muammolarni tilga oladi. Lekin hamma uni ona deya ta’riflaydi. Abdulla Oripov ikkinchi toifaga mansub. “Tilla baliqcha” sarlavhali sakkiz qatorlik mo‘jazgina she’r ham, garchi ular tilga olinmasa-da, Vatan va millat haqida. Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni, Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar. Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha Va gavjum tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar, tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni! Chizilgan manzara realistik. Ammo manzara – badiiy vosita, xolos. Tilla baliqcha tuzum qurboni – xalq. Sassiq hovuz – ijtimoiy muhiti buzuq, temir parda bilan jahondan ihotalangan mamlakat, benavo Vatan. She’r sovet tuzumiga qarshi ma’naviy isyonni ifodalamoqda. Oddiy manzara tasviri ruhiy holat ifodasiga aylanmoqda. Garchi shoirning o‘zi she’r qanday, ne sababdan yozilganini ta’kidlab, na tuzumni, na uning qurboni xalqni nazarda tutmaganini tan olgan bo‘lsa-da, uning ongi tubida, ong ostida Go‘ro‘g‘li va Alpomishdan, Navoiy va Cho‘lpondan kelayotgan arxetip – adolat va Vatan ozodligi kurashchisi ruhi yashardi. Shu sabab nima haqda yozmasin, Vatan va xalq mavzusi beixtiyor yuzaga chiqib kelaverardi. Abdulla Oripov she’rlarida Xorazmiy, Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy daholari butun olamga ilm ziyosi va ma’rifat tarqatgani ham, Temur davridagi xalqning shiddati ham, keyin davlat rahbarlarining kaltabinligi, so‘qirligi tufayli uning to‘zg‘ib, uch davlatga bo‘linib ketgani ham, milliy mustaqilligini 130 yil qo‘ldan boy berib, bugun istiqlolga erishgani ham uch-to‘rt satrlarda mujassam yuksak poetik mahorat bilan ifodalanadi. Vatan mavzusi shoir ijodida so‘nggi damgacha yetakchi bo‘lib qoldi. Biz yuqorida Vatanga muhabbat Abdulla Oripov uchun arxetip edi dedik. Arxetip tushunchasi izohga muhtoj. Mazkur tushunchani fanga atoqli psixoanalitik olim Karl Yung kiritgan. Arxetip – jamoaviy ongsizlikni, xalq, biror tabaqa, yirik guruh ongi ostida saqlanib qolgan ijtimoiy instinktni bildiradi. Ya’ni bu tug‘ma tabiiy – biologik instinkt emas, balki odamlarning uzoq ajdodlari yashash uchun kurashda tajriba orqali orttirgan, shakllantirgan xulqiy qolip, andozadir. U keyinchalik yashash sharoitlari, imkoniyatlari o‘zgarishi, yaxshilanishi natijasida unutilib ketgan, ammo ong ostida jamoaviy ongsizlik – arxetip sifatida saqlanib qolgan. Boshqacha aytganda, ijtimoiy instinktga aylangan. Masalan, ibtidoiy kishilar guruhi yirtqich hayvonlar hamlasiga yoki boshqa bir urug‘ hujumiga duch kelganda, hamma har tarafga qarab qochsa, yirtqichlar yoki dushmanlar ularni deyarli to‘liq qirib tashlagan, agar birgalashib qarshilik ko‘rsatsa, har holda bir qismi omon qolgan. Yoki jamoaviy sig‘inish, qurbonliklar keltirish, marosimlar o‘tkazish, bayramlarga, urf-odatlarga, hatto ulardan ayrim qadimdan kelayotganlari sen sig‘inayotgan din talablariga kirmasa-da (masalan, Navro‘z), ularga amal qilish arxetipga misoldir. Arxetip tufayli urushda hujum qilganda barcha jangchilar birdan ko‘tarilib, dushmanga tashlangan, yog‘ilayotgan o‘qqa tomon chopgan. Mana shunga o‘xshash anglanmagan, g‘ayrimantiqiy harakatlar, qarorlar arxetip deyiladi. Abdulla Oripovda vatanparvarlik tuyg‘usi, Vatan uchun kurash – arxetip edi. O‘rta Osiyo she’riyatida buyuk adibga o‘xshab fikrlaydigan shoir Abdulla Oripovdir. Unga Chingiz Aytmatovning nihoyatda iliq, do‘stona munosabatining bosh sababi, balki ular tafakkuri va ma’naviy olamining yaqinligidir. Abdulla Oripov she’rlari Chingiz Aytmatov asarlaridek jahonga mashhur bo‘lib ketmadi. She’riyatni boshqa tillarga deyarli adekvat tarjima qilib bo‘lmaydi. Buning uchun tarjimon iste’dodi va mahorati shoirnikidan kam bo‘lmasligi lozim. Hattoki til yaqinligi ham tarjima yaxshi chiqishiga kafolat bermaydi. O‘zbek tilidan qirg‘iz yoki qozoq tiliga tarjima qilish, garchi ular tilimizga juda yaqin bo‘lsa-da, ozarbayjon va turk tiliga tarjima qilishdan oson emas. Haqiqiy yirik iste’dod egasi professional tarjimonlikni emas, original ijodni tanlaydi. Nasr – tamoman o‘zga hodisa. Uni har holda didi yuksak, ikki tilni yaxshi biladigan tajribali qalamkash asliyatga yaqin tarjima qilishi mumkin. Shu sababdan g‘arbda rus adabiyotining eng yorqin yulduzi A. Pushkin ijodi I. Turgenev, L. Tolstoy, F. Dostoyevskiy, A. Chexov va boshqa rus prozaiklari ijodi kabi mashhur emas. Butun jahon adabiyotida ahvol bir xil. She’riyatning milliy qobiqdan chiqishi juda qiyin. 80-yillar boshida Abdulla Oripov o‘kinch-la xitob qilgandi: Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida Falakni kuylardi mening ham sozim. Lekin ikki daryo oralig‘ida, Qolib ketdi mening o‘sha ovozim. Aslida she’rning mazmuni keltirilgan xitobga nisbatan ancha keng va teran. U ovozi ikki daryo oralig‘ida qolib ketganidan, jahonga mashhur bo‘lolmaganidan afsuslanayotgani yo‘q, balki ko‘proq uning insonparvarlik, insof, vijdon, halollik to‘g‘risidagi chaqiriqlarini, badiiy g‘oyalarini zamondoshlar eshitmayotganidan afsuslanmoqda. Unda shoir o‘zini, hamkasblarini oddiy insonning g‘am-tashvishlarini, hasratlarini unutmaslikka, tabiatga, hayotga ochiq nigoh bilan boqishga undaydi. Faqat aniqlik, haqqoniylik, hayotiylik kuylashga arziydigan mavzudir, mavhumiylik emas: Muallaq gaplarni so‘ylama menga, Endi men yer uzra topganman qo‘nim. Inson deb falakka hayqirmoq nega, Inson yoningda-ku, u mening qo‘shnim. Iqbol deb behuda chekasan ohu, Ohing bu – folbinning daraklaridir, Asrim, asrim deysan, asring nima u! U – to‘zg‘oq kalendar varaqlaridir. Bog‘ingda bir nihol gullabdi bu kech, Erta qiyg‘os bo‘lar olma naparmon. Ilk bahor zahrini o‘yladingmi hech, Zaminda ne armon, senda ne armon. She’r xitob bilan yakunlanadi. Shoir o‘z tafakkuriga sodiq. U dunyo dardini, tashvishini oddiy inson haqidagi g‘am-tashvishga aylantirmoqda. Zero, gumanizm oddiy odamga g‘amxo‘rlikdan boshlanadi. Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling