Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi
Download 46.92 Kb.
|
Abdulla Oripov
Har nedan go‘zalroqdir balki cho‘l kechalari,
Ufqlar kaftdek ravon, ko‘k sochgan bor bisotin. Termulsang ko‘ringaydur jannatning go‘shalari, Yulduzlar chug‘urlashib so‘ylashar tafsilotin. Sizni jondan sevaman, o, yulduzli kechalar, Qo‘yningizda nihondir sirli va dilbar xayol. Sizni suronli kunlar qo‘msaganman nechalar, Siz bilan tanholikda so‘zlashsam, deb bemalol. Ushbu satrlar, shubhasiz, major ohangida. Ammo yana mavzu o‘zgaradi, yana hazin sas yangray boshlaydi. Bu endi simfoniyaning 2-lirik qismiga – andantega o‘xshaydi. Harakat sekinlashdi, variatsiyalar rondo-sonato uslubida ijro etilayotir (yozilayotir). Rondo bosh mavzuga bir necha qo‘shimcha mavzular qarama-qarshi qo‘yiladigan musiqiy pesadir. Sonata haqida yuqorida gapirgan edik. Umumiy badiiy maqsad bir necha kontrastli qismlarni o‘z ichiga oladi. Rondo-sonato ikki janr uslubini birlashtiradi. Lekin shaddod hayotning yulduzda bormi ishi, Insonlar bor – yulduzdan yulduzlar qadar yiroq. Insonlar bor – o‘zidan bo‘lak yo‘qdir tashvishi, “Savdoyi” – deb ataydi shoirni ular ko‘proq. Yon mavzu o‘laroq insonlarning o‘zaro begonalashuvi, go‘zallikdan yiroqligi, faqat foydasini, nafsini o‘ylashi aytib ketilmoqda. O‘z navbatida bu bosh mavzuni chuqurroq idrok etishga, uning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, axloqiy-ma’naviy jihatini ham his qilishga yordam beradi. Lirik chekinish xayolda o‘tmish xotiralarini jonlantiradi, siniqlarini yamaydi. Ammo bu chekinish tuyg‘ular rivojining, dramasining muhim, zaruriy halqasi asar kompozitsiyasida maxsus kechiktirib qo‘llanilmoqda. Aslida mantiqan shu paytgacha tasvirlangan, ifodalangan voqealardan, munosabatlardan oldinda turadi. Yo‘l yursang har joylarda rabotlar vayronasi, Iskandar, Qutaybadan qolgan sonsiz dahmalar. Bu yerlarda ilk bora yangragan Temur sasi, Chingiziylar boshiga solib qo‘rquv, vahmalar. O, ulardan ne qoldi? Turfa rivoyat faqat… Birovi qurganini boshqasi qildi vayron. Vaqting bemalol bo‘lib, so‘ylay bersang hikoyat, Hattoki Firdavsiy ham boqardi senga hayron. Ko‘rinib turibdiki, shoir bir necha yon mavzularni bosh mavzuni teranroq ochib berish uchun jalb etmoqda. Bunda u kontrastdan, qarama-qarshi qo‘yish san’atidan mohirona foydalanmoqda. O‘tmishga lirik chekinishdan keyin, asar asl muddaosining bayoniga o‘tadi. Simfoniyaning skertso qismi boshlandi (Skertso simfoniya, sonata va kvartetalarning qismi jonli, shiddatli sur’atlarda, keskin xarakterli ritmik yoki garmonik evrilishlarni ifodalaydi): Men bu kun do‘stlarimga afsus-nadomat bilan, Erga cho‘p qadamagan amirlardan so‘ylayman… …Shu boisdan sahroning qalbida bir go‘r yotar, U mening bobom qabri, qizimning bobojoni. Har o‘tganda ruhimga tuganmas qayg‘u botar, Qultum suv hasratida uzilgan yigit joni. U bir zamon quduqning tubida qolgan ekan, Suv ko‘zin ochay desa – bosib qolibdi tuproq… Tuyg‘ular, hasrat, afsus-nadomat kuchayib avjiga chiqadi. Navbatdagi 12 satr asar uchinchi qismining yakuni va butun asarning kulminatsiyasidir. Men uning nabirasi, qo‘limda qalam bilan, Qalbimda alam bilan poyiga qo‘ydim qadam. Uning-ku ishi yo‘qdur bu tirik olam bilan, Lekin orzusi bor-ku, niyat topmas-ku barham. Avjdan tuyg‘ular ifodasi sekin pastga tushadi va asardagi “voqealar” rivojining yangi yo‘nalishiga yo‘l ochadi. Asarning mazkur qismi yakunlanadi. Ha, quduqlar tubida ko‘milib ketmas armon, Har qanday zavolning ham bordir so‘nggi, hududi. Qabrlar tepasida yongan o‘t ham begumon, Birorta o‘ksik qalbning chaqnayotgan umidi. Poemaning keyingi qismi simfoniyaning finaliga mos keladi. U xalqimizning cho‘lni o‘zlashtirish bo‘yicha orzu-maqsadlarini, uning azmu shijoatini, bunyodkorligini kuylashga bag‘ishlangan. Lekin asarning bu qismi jasoratlarga to‘la mehnatni ulug‘lab kuylashdangina iborat emas. Simfonizm qonuniyatini shoir intuitiv ravishda esdan chiqarmaydi. U kontrastdan, konfliktli qarama-qarshi qo‘yishdan voz kechmaydi. Lekin bu kontrastda endi minor emas, major ohangi jaranglaydi. Final ham rondo-sonato uslubida yozilgan: Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling