Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi
Download 46.92 Kb.
|
Abdulla Oripov
Bobolardan so‘z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida. Osmon ilmi tug‘ilgan ilk bor, Ko‘ragoniy jadvallarida. Qotil qo‘li qilich soldi mast, Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh, Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas, U – Ulug‘bek ko‘zidagi yosh. Erda qolgan, o, tanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim… Birinchi parcha tarixga oid bo‘lsa, ikkinchisi xalqning zamonaviy ahvoli ifodasiga oid. …Kech kuz edi, men seni ko‘rdim, Derazamdan boqardi birov. U sen eding, o, dehqon yurtim, Turar eding yalangto‘sh, yayov. – Tashqarida izillar yomg‘ir, – Kir, bobojon, yayragil biroz. Deding: – Paxtam qoldi-ku, axir, Yig‘ishtiray kelmasdan ayoz. Ketding, umri mahzanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Birinchi parchada Ulug‘bek obrazi o‘zbek xalqi va O‘zbekiston timsoliga aylantirilgan, ikkinchida xalq va Vatan yalangto‘sh dehqon obrazida gavdalanayotir. Qasida jami 150 satrdan iborat. Har 10 satrlik misra “O‘zbekiston, Vatanim manim” refreni bilan tugaydi. Refren 15 marta qaytarilgan va barcha misralarni tematik birlashtirib, ularga bus-butunlik, yaxlitlik bag‘ishlab turibdi. Takrorlanuvchi so‘z, jumla, satr – refren sharq va g‘arb she’riyatida azaldan mavjud. Ayniqsa, mumtoz adabiyotda biz uning turli-tuman shakllariga duch kelamiz. G‘azalda radif, muxammasda takrorlanuvchi beshinchi satr yoki qofiya, g‘arb she’riyatida, masalan, sonetlar guldastasidagi yig‘ma sonetni tashkil etuvchi satrlar va boshqa har xil takrorlar, qo‘shiqlarda esa naqorat qo‘llaniladi. Bu lirik she’riyatni musiqa san’ati bilan yaqinlashtiruvchi badiiy uslubdir. Musiqada takrorlar, repriza ko‘pincha nafaqat tematik birlashtiruvchi, tizim yaratuvchilik vazifasini, shuningdek o‘ziga xos yechim, tinglovchi ongiga singdiriladigan asosiy g‘oya vazifasini ham o‘taydi. “O‘zbekiston – Vatanim manim” refreni ana shunday shoir tomonidan o‘quvchi ongiga singdirilishi mo‘ljallangan asosiy g‘oyadir. Ishonch bilan aytish mumkinki, aynan “O‘zbekiston” qasidasi Abdulla Oripovni tom ma’noda xalq shoiriga aylantirdi. Har bir to‘yda davraboshilar, albatta, qasidadan parcha o‘qirdi. Biror maktabdagi, o‘quv yurti yoki mehnat jamoasidagi bayram tantanalari, yig‘ilishlar qasidadan parcha o‘qilmasdan o‘tmas edi. Vatanparvarlik mavzulariga bag‘ishlangan tadbirlarda “O‘zbekiston – Vatanim manim” refreni qayta-qayta yangrayverardi. Shoirning “Onajon” marsiyasi, “Avlodlarga maktub”, “Ayol”, “Ona tilimga”, “Tilla baliqcha”, sevgi mavzusidagi she’rlari, “Birinchi muhabbatim”, “Saraton”, “Minorai Kalon tepasidagi laylak” she’rlari uning chinakam xalq shoiriga aylanishini yanada mustahkamladi. Kattayu kichik, erkagu ayol, ziyoliyu oddiy dehqon, talabayu o‘quvchi, mo‘min-qobil yoshlaru huquqbuzar bezorilar – barcha, barcha Abdulla Oripovni o‘zining shoiri hisoblay boshladi. Shoir butun vujudi, qalbi, dili, o‘y-tashvishlari, orzu havaslari bilan xalqiga, Vataniga singib ketdi: Yurtim, senda ekan nasibam tugal, Sen o‘zing maskanim, sen o‘zing shonim. Sen onam, sen singlim, yorimsan, azal, Ey, jonim, jahonim – O‘zbekistonim. Haqiqiy lirik she’riyatni musiqaga yaqinlashtiruvchi badiiy-uslubiy unsurlar ko‘p. Ularni sanab o‘tirmaymiz. Ammo Abdulla Oripovning kichik lirik poemalarini mumtoz musiqa bilan qiyoslab qarasak, qiziq jihatlar ochiladi. Lirik poemalar – badiiy tafakkur ifodasi. O‘z tuzilmasiga ko‘ra, so‘z yordamida yaratilgan simfoniyaga o‘xshaydi. Simfonizm, ya’ni simfonik asar asosida yotgan musiqiy tafakkur va uning ohanglarda yuzaga chiqishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Unda teran mazmunli yaxlit, bus-butun badiiy niyat (mavzu, g‘oya) izchil o‘zgarishda (rivojlanishda) konfliktli to‘qnashuvlar orqali ochib beriladi. Bunga yuqorida ko‘rib chiqilgan “Sarob” misolida amin bo‘lish mumkin. Yaxshisi, shoirning boshqa bir mukammal asari “Qarshi qo‘shig‘i”ni simfonik asar sifatida tahlil qilamiz. Adabiyotda va simfoniyada voqea boshlanishidan avvalgi manzara, holat tasviri ekspozitsiya deyiladi (musiqada shuningdek prelyudiya, uvertyura atamalari qo‘llaniladi). Ekspozitsiya o‘quvchini, tinglovchini asar voqealarini, g‘oyasini to‘g‘ri qabul qilishga tayyorlaydi, unda ma’lum mazmundagi kayfiyat uyg‘otadi. “Sarob”da ekspozitsiya “Olti oykim she’r yozmayman, yuragim zada”, deb boshlangan bo‘lsa, “Qarshi qo‘shig‘i”da: Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling