Mavzu: Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini o’rganinsh


-o’quvchi: Vatan bu – kindik qonimiz to’kilgan qadamjo. U har bir inson uchun muqaddasdir. 2-o’quvchi


Download 399.5 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi399.5 Kb.
#1349767
1   2   3   4
Bog'liq
7 SINF adabiyot dars ishlanma Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini

1-o’quvchi: Vatan bu – kindik qonimiz to’kilgan qadamjo. U har bir inson uchun muqaddasdir.
2-o’quvchi: Vatan bu – moziyning qoni ila sug’orilgan zamin. Bulbul gulsiz yashay olmaganidek, Vatan ham elsiz bo’lmaydi.
3-o’quvchi: Mening Vatanim - O’zbekiston. U-quyosh farzandi. Shuning uchun zamini oltin, havosi musaffo, suvi totli, xalqi ulug’vor.
4-o’quvchi: O’zbekiston boylikka kon diyor, xalqi esa donishmanddir.
5-o’quvchi: Quyosh mehri tushgan ohanrabosan,
Qalbi quyoshlarga mehrigoyosan Tuprog’ingdan xushbo’y non isi kelgan, Vatanim, onamdek sen yagonamsan.
6-o’quvchi: Ming-ming yillik kechmishing guvoh Sendan kechmoq eng og’ir gunoh, Elim uyg’oq, yuraklar ogoh, Jonlaringga jon bo’lay, Vatan? Shaningdagi shon bo’lay Vatan!
O’qituvchi: Barakalla o’quvchilar, Vatanni sevish – bu ona yurtning ravnaqi yo’lida halol mehnat qilish o’zini qahramonliklarga tayorlab borish demakdir.
“Siz bilan bizga Alloh O’zbekiston deb atalgan, tuprog’ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan , tog’ desa to’g’i bor, bog’ desa bog’i bor, har tongda bulbullar madhini o’qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan buning uchun o’zimizni “Baxtli” deb bilmog’miz kerak”.
Tashkiliy qismdan kelib chiqib, bugungi darsimizni odatdagidek musobaqa tarzida o’tkazamiz. O’zingiz guvohi bo’lganingizdek ona vatanimizga juda ham chiroyli ta’riflar berdik, shundan kelib chiqib guruhlarimizni ham Vatanga bog’lab nomlasak nima deysiz?
Qani harakat qilib ko’raylikchi? 1-guruh: o’z guruhingizni nima deb nomlamoqchisiz?
1-guruh: “Do’stlik” guruhi: biz barchamiz qalbimizda do’stlik, birdamlik, hamkorlik tuyg’ulari mustahkam ildiz otib ulg’aymoqdamiz. Zero, yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo’lib tinch – totuvlikda hayot kechirmoqda. Biz do’stlik tarafdorimiz.
2-guruh: “Ezgulik” guruhi: biz mustaqil davrda dunyoga kelganmiz. Demak, amalga oshirilayotgan behisob ezguliklardan bahra olib, sog’lom va ma’naviyatli bo’lib kamol topmoqdamiz. Biz ezgulik tarafdorimiz.
O’qituvchi: Barakalla o’quvchilar adabiyot olamidagi har bir adib ijodi misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishingiz, uning mashhur, asarlarini bilishingiz lozim. Aziz o’quvchilar. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan “Tilsim” ko’rgazmamizning pastki qismida arxiv uyachalar bo’lib, unda bir necha shoir va yozuvchining tug’ilgan yili, joyi, ilk asari ish faoliyati, asarlari mukofotlari eng mashhur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun Abdulla Qahhor ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv uyachalardan olib, ko’rgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak bo’ladi.
Guruhlar javoblariga ko’ra baholanadi.
TILSIM




O’qituvchi: Barakalla o’quvchilar!
Endi “Davom ettiring” usuli orqali o’tilgan mavzuni yaxshiroq mustahkamlab olamiz.
1907 – yil 17 sentabr – yozuvchi tug’ilgan kun. 19017 – yil adib oilasi bilan Qo’qonga ko’chadi. 1922-1924 – yillar – adib Qo’qondagi o’qituvchilar tayorlash texnikumida o’qidi. 1930 – yil “Sarob” romani yozildi. 1951 – yil – “Qo’shchinor chiroqlari” romani yozildi. 1962 – yil “Tobutdan tovush” komediyasi yaratildi. 1965 – yil “O’t ert” qissasi yozildi. 1967 – yil “Ayajonlarim”1968 – yil “Muhabbat” qissasi yozildi. 1968 – yil 25 – may yozuvchi vafot etdi.





Download 399.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling