Mavzu: Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini o’rganinsh


Download 399.5 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi399.5 Kb.
#1349767
1   2   3   4
Bog'liq
7 SINF adabiyot dars ishlanma Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini

O’quvchilar: Salom sizga, aziz ustoz,
Ilm olmoq qanday soz.
O’qituvchi: Vaalaykum assalom, qani o’tiring,
Qaddingizni rostlang biroz,
Qancha o’rgansangiz, shuncha oz,
Bugun ilm cho’qqisidan, Oshingiz yana dovon Hamma darsga tayyormi? Kelmay qolgan ham bormi?
O’quvchi: Sinfda men navbatchi,
Ustozimga yordamchi,
Pok tutaman xonani, Hamda yozuv taxtani Ustozimiz shod bo’ling, Bugun hamma shu yerda Darsingizni miriqib Eshitish umidida.
O’qituvchi: Hamma sog’mi, omonmi?
Sizlar darsga tayyormi?
O’quvchi: Rahmat, ustoz, omonmiz,
Bizlar darsga tayyormiz
O’qituvchi: Darsimiz adabiyot. Xo’sh, adabiyot bizga nimani o’rgatadi? 1-o’quvchi: odob – axloqni o’rgatadi. 2-o’quvchi: hayotni o’rgatadi. 3-o’quvchi: bobolarimiz merosini. 4-o’quvchi: kitoblarni sevishni.
O’qituvchi: Juda yaxshi. Demak, adabiyot bizda yaxshi xislatlarni tarbiyalar ekan. Darsimizning shiori:
O’quvchilar: A’lo mamlakatning a’lo farzandi, Bilib qo’yki seni Vatan kutadi.
O’qituvchi: Rahmat, barakalla. “A’lo mamlakat” deganda shoir nimani nazarda tutgan?
O’quvchi: “A’lo mamlakat” - bu O’zbekiston. Ona yurtimiz.
O’qituvchi: “A’lo farzandlar” kimlar? O’quvchilar: “A’lo farzand” - bu bizlar.
O’qituvchi: Shoir “Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi” deb sizlarga juda katta ishonch bildiribdi. Qani, Boburjon, siz kelajakda kim bo’lmoqchisiz?
O’quvchi: Men kelajakda boks bo’yicha jahon chempioni bo’lib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarmoqchiman.
O’qituvchi: Rahmat, qani Gulnozaxon siz-chi?
O’quvchi: Men kelajakda jurnalist bo’lib, obod yurtimizni butun dunyoga tanitmoqchiman.
O’qituvchi: Ilohim niyatlaringiz yo’ldoshingiz bo’lsin, niyatingizga yeting. Bilsizmi o’quvchilar hozir mening yodimga Muhammad Yusufning ushbu satrlari keldi.
O, ota makonim, onajon o’lkam, O’zbekiston jonim to’shay poyinga, Seningdek mehribon yo’q, seningdek ko’rkam Rimni olishmasman bedapoyangga.
Aziz o’quvchilar si vatan deganda nimani tushunasiz?

Download 399.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling