Mavzu: afrikaning ichki suvlari
Download 18.39 Kb.
|
AFRIKANING ICHKI SUVLARI
ZAMBEZI DARYOSI
Janubiy Afrikaning eng yirik va materikning Hind okeaniga quyiladigan eng katta daryosi. Uning uzunligi 2660 km, havzasining maydoni 1330 ming km2 . O’rtacha yillik suv sarfi 19 000 m3 /sek. ni tashkil etib, Nigerning suv sarfidan 1,5 marta, Nilning suv sarfidan 7,5 marta ko’p. Bu jihatdan Yevrosiyoning Yenisey va Shimoliy Amerikaning Missisipi daryolarining o’rtacha yillik suv sarfi bilan teng. Zambezi daryosi Zambezi-Kongo suvayirg’ich platosida 1100 m balandlikdan boshlanadi. U yuqori oqimida 1200 km masofada tekis botiqlardan oqadi. O’rta qismida qattiq jinslardan tarkib topgan platolarni, yassi tog’liklarni kesib o’tib, ostona va sharsharalar hosil qiladi. Quyi oqimida daryo o’zani kengayib, Hind okeaniga quyilish joyida, Mozambik qo’ltig’iga 120 km qolganda uning del’tasi boshlanadi. Zambezi daryosida Viktoriya, Gone va boshqa sharsharalar ko’p uchraydi. Shulardan Viktoriya sharsharasi dunyodagi eng katta sharsharalardan biri hisoblanadi. Uning balandligi 120 m va kengligi 1800 m. Sharshara ana shunday balandlikdan tor bazaltli daraga otilib tushadi, yuqoridan tushayotgan suvda mayda zarra tomchilari hosil bo’lib, yuqoriga ko’tariladi va Quyosh nuri ta’sirida rangbarang kamalak hosil qiladi. Zambezi daryosida to’g’onlar, elektrstansiyalari hamda Kabora-Basa va Kariba suv omborlari bunyod etilgan. Daryoda to’lin suv yoz paytida bo’ladi. Qishda quruq davr hukmronlik qiladi va suv sathi keskin pasayadi. Bu kemalarning qatnoviga halaqit beradi. Yirik kemalar daryoning quyi oqimida 450 km masofada qatnay oladi. Afrika daryolari oqimini fasllarga qarab taqsimlanishida nihoyatda katta farqlar ko’zga tashlanadi. M.I.Lvovich daryolarning to’yinishda va oqimini fasllarga qarab taqsimlanishiga asoslanib, Afrika daryolarini to’rtta tipga bo’ladi: 1. Ekvatorial tipi - daryolari yil bo’yi to’lib oqadi. 2. Sudan tipi - daryolari yozning oxiri va kuzda to’lib oqadi. 3. Sahroi Kabir tipi - ahyon-ahyonda oqim hosil bo’ladi. 4. O’rta dengiz tipi - daryolari qishda to’lib oqadi. Download 18.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling