Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet16/17
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#250308
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Aholining turmush darajasini oshirish

2.3. O’zbekistonda iste‘mol savati.

Iste‘mol savati - insonning salomatligi hamda yashashini saqlab turish uchun talab qilinadigan eng oz oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning jamlamasi.Dunyodagi turli mamlakatlarning turli iqlim sharoitlari va aholi ehtiyojlaridan kelib iste‘mol savatiga mahsulot va xizmatlar kiritiladi. Misol uchun AQShdagi iste‘mol savatiga 300 ta, Buyuk Britaniyada 350, Olmoniyada 470 mahsulot va xizmat kiritilgan.Bu mahsulotlarning oziq-ovqat turiga kiradiganlarining asosiylari - non va un mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, yog‘, go‘sht, tuxum, poliz mahsulotlari, meva-chevalar va boshqalar.

Nooziq-ovqat mashulotlariga ko‘ylak, kostyum-shim, poyafzal, bosh kiyim, paypoq, ichik kiyim turlari, sanitariya va gigiyena mahsulotlari, maktab va ta‘lim olish uchun zarur tovarlar kiritiladi.

Rossiyadek sovuq mamlakat uchun qishda issiqlik ta‘minoti iste‘mol savatidagi eng muhim xizmat hisoblansa, Afrikaning ayrim mamlakatlari uchun bu xizmatning umuman keragi yo‘q.O‘zbekistonda bundan oldin ayrim faollar bir oyda bir insonga qancha non, qancha go‘sht zarurligini hisoblashga harakat qilganlar. Bu hisob-kitoblar O‘zbekiston hukumati ishchilarga to‘layotgan o‘rtacha maosh miqdoridan ancha ko‘pni tashkil etishi ayon bo‘lgan.

Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumatining mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish, aholining turmushi yaxshilanayotgani va ishsizlik darajasi haqidagi rasmiy raqamlarini mustaqil tahlilchilar shubha ostiga oladilar.Xususan, rasmiy Toshkent minbarlaridan tilga olinayotgan Yalpi Ichki Mahsulot ulushida xorijda mehnat muhojiri bo‘lib yaqinlariga pul jo‘natmalari yuborayotgan o‘zbekistonliklarning pullari ham qo‘shib hisoblanayotgani haqidagi fikrlar ham bildirilayotganini ko‘rish mumkin.

Xorijdan boshpana topgan o‘zbekistonlik iqtisodiy tahlilchi Alisher Taksanovning aytishicha, O‘zbek amaldorlari qo‘lida haqqoniy ahvolni aks ettirgan raqamlar bor. "Bunday ma‘lumotlar bor deb o‘ylayman. Sovetlar davrida ham ikki xil statistika bo‘lardi: birisi rasmiy, ikkinchisi esa yarim xufiya. Ekspertlar, olimlar va oddiy odamlar e‘tiboriga mamlakat qanday rivojlanayotganiga rasmiy statistika havola etilardi, ammo yuqori davlat mulozimlariga mamlakatdagi haqqoniy vaziyatni tasvirlab beruvchi ko‘rsatkchilar jamlangan ma‘lumotlar tarqatilardi. Mening o‘ylashimcha, Prezident Islom Karimov real ma‘lumotlardan boxabar, ammo uni chop qilish mumkin emasligini yaxshi biladi", deydi iqtisodiy tahlilchi.



XULOSA
Viloyat aholisining turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan
izlanishlar natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
– aholining turmush darajasi zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va
xizmatlar bilan ta’minlanganlik, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi;
– aholining turmush darajasini belgilovchi omil aholi daromadlari hisoblanadi.
Mamlakat aholisi daromadlari nominal, real va real foydalaniladigan pirovard
daromadlari shakllanishining sxemalari ishlab chiqilgan;
– jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, natural shakldagi daromadlar rejali iqtisodiy
tizimga xos bo‘lsa, pul shaklidagi daromadlar bozor tizimini tavsiflaydi. Natural
daromadlarning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanmaganligini
ko‘rsatadi;
– daromadlarning turkumlanish xususiyatlarini aniqlashda milliy iqtisodiyot
tarmoqlari bo‘yicha ish haqining turlicha darajada ekanligiga e’tibor berish kerak.
Olib borilgan tahlillar iqtisodiy islohotlar jarayoni va sur’ati turli tarmoqlarda har xil kechganligi tufayli ish haqi miqdorining farqlanishiga olib keldi;
– ishda olib borilgan tahlillar viloyatda aholining pullik daromadlarining ulushi
ortayotganligi, aksincha natural ko‘rinishdagi daromadlar ulushining
kamayotganligini ko‘rsatdi;
– tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan
farqlangani tufayli aholi daromadlari darajasi ham unga mos ravishda turlicha
bo‘lgan;
– O‘zbekistonda aholi daromadlarining farqlanishiga ikkita omil ta’sir
ko‘rsatishi, birinchidan, milliy iqtisodiyotda agrar sohaning muhim rol o‘ynashi,
ikkinchidan, aholi tarkibida ko‘p bolali oilalarning mavjudligi aniqlandi.
Kurs ishda yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalar berildi:
- viloyatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; mehnat qilish sohalarini
kengaytirish; tadbirkorlikni, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va o‘zini-o‘zi band
etish shakllarini kengaytirish,; jamoa shaklidagi ishlarni tashkil etish, o‘rtacha
daromadlarning doimiy ko‘payishi, kambag‘allikni kamaytirish;
- aholini barcha tabaqalari uchun munosib turmush darajasiga erishishi uchun
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarpini ta’minlash, shunigdek, aholining turli
qatlamlarini ish bilan ta’minlash, er, kreditlar va boshqa ishlab chiqarish
resuslaridan foydalanish orqali barqaror o‘sish sur’ati imkoniyatlaridan
foydalanishini kafolatlash;
- viloyatda aholi turmush darajasini oshirish borasida inson salohiyatini
rivojlanitirish indeksini yanada oshirish siyosati olib borish;
– amaldagi qonun hujjatlariga tumanlar bo‘yicha ish bilan band bo‘lmagan va
ishga joylashtirishga muhtoj aholi toifalarini aniq belgilaydigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish;
- ijtimoiy farovonlikning integral indeksini hisoblash jarayonida har bir hududning
spetsifikasi, demografik holati, ijtimoiy infratuzilmasinining rivojlanishi va
ularning aholi turmush darajasiga ta’sirini baholash ko‘rsatkichlaridan foydalanish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldiriladigan
mablag‘lardan unumli foydalanish, aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish
orqali xarid qobiliyati tez o‘sishi ta’minlanishiga erishish.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling