Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari
Download 0,67 Mb.
|
Aholining turmush darajasini oshirish
Milliy boylik Yer fondi Foydali qazilma zahiralari
Milliy mulk Noishlab chiqarishdan foydalanish Ishlab chiqarishdan foydalanish O’rmon fondi Suv resurslari Shaxsiy iste’mol fondi Ijtimoiy noishlab chiqarish iste’moli fondi qondirishni ta’minlovchi milliy daromadning bir qismidir. Ushbu fond miqdori ehtiyojlarini qondirishning imkoniyatlarini belgilaydi. Jamg‘arma fondi – bu fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlovchi milliy daromadning bir qismidir. Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi YAIM hamda milliy daromad o‘sishining eng muhim omilidir. Demak, aholining turmush darajasi ham mehnat unumdorligi dinamikasiga bog‘liq ravishda oshadi (pasayadi). O‘z navbatida, mehnat unumdorligi fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga, mehnatni tashkil qilishni, ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirishga, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga (xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, mehnatning asoslari, ijtimoiy sohani rivojlantirish) bog‘liq. Ijtimoiy sohaning (fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat) rivojlanishi aholining ijtimoiy (ma’naviy, madaniy) ehtiyojlarini qondirishni shart qilib qo‘yadi, millat aql-idrokining rivojlanishiga ko‘maklashadi, millatning sog‘lig‘ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot mahsulot va xizmatlar, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv, ta’lim, kadrlarni kasbiy tayyorlash xususiyatlariga o‘zgarishlar kiritadi. Bu mehnat va boyliklarning xarajatlar o‘zgarmagan yoki kamaygan paytda ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatini beradi, mehnat unumdorligining o‘sishiga ko‘maklashadi. Turmush sifati sohasidagi tadqiqotlar o‘tgan asrdayoq o‘tkazilgan edi. XX asrning mashhur jamiyatshunosi F.A.Xaysk o‘z ilmiy asarlarida qashshoqlikning mavjudligi jamiyat farovonligi uchun zarurdir, deb qayd qilgan va jamiyatda qashshoqlikning yuzaga kelish qonuniyatini “har bir odamning o‘z ahvoli uchun, shu jumladan, qashshoqlik uchun ham shaxsiy javobgarligini targ‘ib qilish kerak”, deb ta’kidlagan. U har kimning o‘zi afzal ko‘rgan turmush tarzi va uslubini tanlash erkinligiga tajovuz qilishning g‘ayriqonuniyligiga tayanib, davlat aralashuvini cheklash uchun kurashgan. Turmush sifati deganda, keng ma’noda aholining turli ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z turmushidan qoniqishi tushuniladi. Bu tushuncha turmush darajasi xususiyatlari va indikatorlarini, mehnat va dam olish, uy-joy sharoitlari, ijtimoiy ta’minot va kafolatlarni, huquqiy tartibni saqlash va shaxs huquqlariga amal qilinishini, tabiiy-iqlim sharoitlari, atrof-muhitni asrash ko‘rsatkichlarini, bo‘sh vaqtning mavjudligi va undan oqilona foydalanish imkoniyatlari, nihoyat, tinchlik, orom, maishiy qulaylik, barqarorlikni qamrab oladi. Turmush sifati iqtisodiyot chegarasidan tashqariga chiquvchi ob’ektiv va sotsiologik tarkibiy qismlarni, ya’ni ehtiyoj va manfaatlarni qondirish, insonlarning o‘zlarining turmushidan qanoatlanish darajasini o‘z ichiga oluvchi kategoriyadir. Turmush sifatini baholashda amerikalik tadqiqotchi D.Djonstonning turmush sifati indeksi, Dj.Forresterning turmush sifati indeksi, avstraliyalik iqtisodchi olim V.Xedeyning insonning o‘z hayotidan ruhan qoniqishining eng muhim indikatorlaridan biri sifatida baholanuvchi o‘z-o‘zini yuzaga chiqarish indeksi, BMT mutaxassislari tomonidan mamlakatlar turmush darajasini taqqoslash uchun qo‘llanuvchi inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI) juda mashhur bo‘ldi. Aholi turmush sifatining tarkibiy qismlariga turmush darajasi va turmush sharoitlari kiradi. O‘z navbatida, turmush darajasi aholi daromadlari, keksalar ta’minoti, aholi omonatlarining to‘planishi, sug‘urta, sog‘liqning ahvoli, bo‘sh vaqt, jamoat xavfsizligi, ta’lim saviyasi, transportda harakatlanish xavfsizligi, fuqarolarning huquqiy himoyasi, migratsiyaning o‘sish ko‘rsatkichlari, qashshoqlik, ishsizlik, kundalik iste’mol darajasi, aholining iqtisodiy aktivlar bilan ta’minlanganligi kabi ko‘rsatkichlar bilan, aholining turmush sharoiti esa ijtimoiyruhiy iqlim, yashashning tabiiy-iqlim va ekologik sharoitlari bilan belgilanadi. Aholi turmush sifati uning oldingi davrlarda to‘plangan iqtisodiy aktivlar – ham nomoliyaviy (ko‘chuvchi va ko‘chmas mulk bilan – uy-joy, uning sifatini hisobga olgan holda va shaxsiy transport bilan ta’minlanganlik), ham moliyaviy (omonatlar, qimmatli qog‘ozlar, naqd pul va chet el valyutasidagi jamg‘armalar) bilan ta’minlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Shunday qilib, ijtimoiy-ruhiy iqlimning holati inson turmush sharoitlarining xususiyatidir, u aholi turmushining ruhiy qulaylik darajasini belgilaydi. Unga insonning o‘z-o‘zini yuzaga chiqarish (ish bilan ta’minlanish, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyatiga ega bo‘la olish), hayotining xavfsizlik darajasi (muhitning kriminogenligi, harbiy ziddiyatlarning mavjudligi), ijtimoiy tahdidlar (qashshoqlik darajasi, axborot ola olish, erkin fikrlash huquqi) imkoniyatini hisobga oluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa omillar ta’sir qiladi. Download 0,67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling