Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet10/17
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#250308
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Aholining turmush darajasini oshirish

Qiymat va natural ko‘rsatkichlar. Qiymat ko‘rsatkichlariga
daromadlarning barcha ko‘rsatkichlari va pul shaklidagi boshqa ko‘rsatkichlar
(tovar aylanishi, xizmatlar, yuk tashish hajmi, pul qo‘yilmalari va jamg‘armalar)
kiradi. Natural ko‘rsatkichlar aniq moddiy boyliklar va xizmatlarni iste’mol
qilishning natural ko‘rsatkichlardagi (kg, dona, kv.m, kub) miqdorini – oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilish, uy-joy, madaniy-maishiy tovarlar bilan
ta’minlanishni tavsiflaydi.
Turmush darajasining tavsifi uchun miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlar katta
ahamiyatga ega. Miqdoriy ko‘rsatkichlar aholi farovonligining sifatiy tomonini
ta’riflab berishga imkon beradi. Bular – boyliklar, xizmatlar, oziq-ovqatning
iste’mol tarkibi, ta’lim, malaka, uzoq muddatga foydalanish uchun mo‘ljallangan
ijtimoiy-maishiy predmetlar bilan ta’minlanish darajasidir.
Qayd qilinganidek, turmush darajasi ko‘p sonli, xilma-xil sabablarga bog‘liq
bo‘lgan ko‘p qirrali hodisadir. Istalgan odamning hayoti va faoliyati havo va suv
muhitining, uy-joy, maishiy hamda ishlab chiqarish sharoitlarining, iste’mol
tovarlari miqdori va sifatining ahvolidan boshlab, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik vaziyatlar, shuningdek, siyosiy institutlar ahvoliga qadar bo‘lgan tabiiy
va ijtimoiy omillarning keng spektri bilan belgilanadi. Omillarning eng ahamiyatli
guruhi – siyosiy va iqtisodiy omillar, ijtimoiy soha, ilmiy-texnik jarayon, ekologik
muhitning rivojlanish omillaridir.
Omillar ta’siri tabiiy-iqlimiy sharoitlar va boyliklar (insoniy, mehnat, ishlab
chiqarish, moliyaviy, axborot, ma’naviy) mavjudligi bilan kuchayishi (zaiflashishi)
mumkin. Lekin, bevosita bog‘liqlik bu erda yo‘q. Masalan, juda taqchil tabiiy
boyliklarga ega bo‘lgan YAponiya va SHveysariya boy mamlakatlar hisoblanadi.
Aholisining soni ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda ham (AQSH, Germaniya,
YAponiya), kichik bo‘lgan mamlakatlarda ham (Lyuksemburg, Finlyandiya,
SHveysariya) yuksak darajadagi farovonlik qayd qilinadi. Masalan, Kanada,
Norvegiya, Rossiya (shimoliy mintaqalar) og‘ir iqlim sharoitlariga ega, turmush
darajasi bo‘yicha esa bu mamlakatlar bir-biridan farq qiladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling