Siyosiy omillar. Har bir mamlakatda aholining turmush darajasi jamiyat
(davlat) tuzumi xususiyatiga, huquq institutining mustahkamligiga va inson
huquqlariga rioya etilishiga, hokimiyat turli tarmoqlarining o‘zaro nisbatiga, uning
boshqa mintaqalar (korxonalar) bilan o‘zaro munosabatlariga, qarshi kuchlar, har
xil partiyalar mavjudligiga bog‘liq.
Ijtimoiy munosabatlar har qanday mamlakatda millatning kuch-qudratidan
foydalanish imkoniyatini belgilaydi, shu bilan birga, davlat etakchi rolni o‘ynaydi.
Aynan davlat umummilliy rivojlanish, ularni amalga oshirishning turli
bosqichlarida va mexanizmlarida jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishlari dasturini
ishlab chiqadi. Bu g‘oyalar ijtimoiy rivojlanish, turmush darajasi, fan-texnika
taraqqiyotining turli konvensiyalarida, dasturlarida, qonun xujjatlarida
mujassamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |