Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari
Aholining turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va
Download 0,67 Mb.
|
Aholining turmush darajasini oshirish
1.2. Aholining turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va
omillar Ma’lumki, turmush darajasi va ijtimoiy ishlab chiqarish o‘rtasida teskari aloqa mavjud. Bu eng avvalo, turmush darajasiga va mehnat resurslarining sifat xususiyatlariga hamda band bo‘lgan aholi mehnati samaradorligiga bog‘liq va xodimning iste’mol imkoniyatlari o‘sishi bilan yuksak mehnat unumdorligidan manfaatdorligining oshishidir. Rasmiy statistik ma’lumotlarda daromadlar, ish haqi, pensiya, ijtimoiy yordam, transfertlar turmush darajasiga kiritiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – pullik daromadlar, ularning hajmi, tarkibini hamda ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar; – aholi pul daromadlari taqsimoti tabaqalanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar; – ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordamning asosiy ko‘rsatkichlari; – uy-joy fondi va aholining uy-joy sharoitlari ko‘rsatkichlari. Turmush darajasi inson (aholi) hayoti va faoliyatining qandaydir bir tomoni haqida tasavvur beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar har xil va turmush darajasi konsepsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ba’zi eng muhim ko‘rsatkichlar 1.2.1- jadvalda ko‘rsatilgan. Manba; Muallif tomonidan tuzilgan. Turmush darajasini odamlarning iqtisodiy va moddiy sharoitlar hamda imkoniyatlar hisobiga erishiladigan, iste’mol orqali amalga oshiriladigan, eng avvalo daromadlar darajasi va turmush qiymatining o‘zaro nisbati bilan belgilanuvchi moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish darajasi sifatida qabul qilish kerak. Turmush darajasi daromadlar darajasining iste’mol va hayotiy ne’matlar bilan ta’minlanish xususiyatlari bilan birgalikda turmush qiymatiga nisbati bo‘lib, bu xususiyatlar ushbu nisbat bilan belgilanadi. Amaliy hisob-kitoblar uchun hatto quyidagi umumiy tarzda berilgan ta’rif ham etarli bo‘lishi mumkin: aholi turmush darajasi – bu daromadlar darajasining turmush qiymatiga nisbatidir. Daromadlar darajasi ushbu o‘rinda tasarrufdagi boyliklar ko‘rsatkichi bilan eng maqbul tarzda aks etadi, chunki unga kundalik daromadlardan tashqari to‘plangan jamg‘armalar ham qo‘shiladi. Biroq, hisoblarning oson bo‘lishi uchun o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadining ko‘proq tarqalgan ko‘rsatkichidan ham foydalanish mumkin. Turmush qiymati oqilona iste’mol byudjeti, (turmush qiymati indekslari yordamida hisoblanuvchi) iste’mol savatining tirikchilik minimumi yordamida hisobga olinishi mumkin. Hozirgi kunda eng kam tirikchilik miqdori muntazam, shu bilan birga, aholining turli guruhlari va mamlakat mintaqalari uchun hisob-kitob qilinishini e’tiborga olib, uni haqiqiy hisob-kitoblarda qo‘llash ancha qulay. SHunday qilib, U turmush darajasining ushbu ta’rifga muvofiq bo‘lgan eng qulay ko‘rsatkichi o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadi Dpca hamda o‘rta hisobda ko‘rsatilgan tirikchilik minimumi mina nisbatidir: Aholining turli guruhlarini (masalan, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi, pensionerlar, bolalar) hisobga olgan holda, daromadlarning jami qiymati va tirikchilik minimumlari yig‘indisi orqali turmush darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Albatta, yuqorida faqatgina asosiy, yadro konstruksiya ko‘rsatilgan, unga turmush sharoitlari va aholining ijtimoiy ta’minlanish xususiyatlari, jumladan, uyjoy sharoitlari, ijtimoiy soha va ijtimoiy infratuzilma elementlarini rivojlantirish hamda turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlari doirasidan tashqariga chiquvchi va turmush sifati ko‘rsatkichlari bilan kesishib o‘tuvchi ba’zi boshqa xususiyatlarni ham qo‘shish zarur. Bulardan tashqari, ta’kidlash muhimki, gap bu erda faqat iqtisodiy va hisoblash-statistik kategoriya sifatidagi turmush darajasi haqida ketyapti. Turmush darajasini kengroq tushunish, uni aholi turmush tarzi va sifati, mulk bilan ta’minlanish xususiyati, ijtimoiy holati, siyosiy-mafkuraviy yo‘nalish va afzalliklar bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Turmush darajasi inson (aholi) hayoti va faoliyatining qandaydir bitta tomoni haqida tasavvur beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun aholi daromadlarini va uning ehtiyojlarini, iste’mol darajasi va tarkibini, uy-joy, mulk, madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlanganligini va boshqa ko‘plab jihatlarni uyg‘un birlikda o‘rganish zarur. urmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar xilma-xil. Avvalo, aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Download 0,67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling