Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet8/17
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#250308
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Aholining turmush darajasini oshirish

Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagilarning aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan miqdorlari kiradi:
milliy daromad;
– iste’mol fondi (bevosita iste’molchilar maqsadlariga ketuvchi iqtisodiyot
tarmoqlari mahsulotlari);
– milliy boylikning iste’mol fondi (to‘plangan iste’molchilar mulklari – uyjoy, madaniy-maishiy binolar, madaniy-maishiy, xo‘jalik predmetlari).
Bu ko‘rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining umumiy
yutuqlarini tavsiflaydi. 18
Xususiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
– iste’mol darajasi va usullari;
mehnat sharoitlari;
– uy-joy bilan ta’minlanganlik;
– ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish darajasi;
– bolalarni tarbiyalash sharoitlari;
– ijtimoiy ta’minot.
Ushbu ko‘rsatkichlar jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liq, lekin katta
batafsillikka ega va aholining (xodimlarning) muayyan guruhlari, hududlar
bo‘yicha aniqlashtiriladi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar jamiyat va inson hayoti hamda faoliyatining
iqtisodiy tomonini, ehtiyojlarni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Ularga jamiyat iqtisodiy rivojlanishining darajasini hamda har bir inson boyligini
(nominal va real daromadlar, bandlik) tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bu
ko‘rsatkichlar ishchi kuchining (aholining) iqtisodiy asosini tavsiflab, ularni takror
ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘liq, bu aholi daromadlari o‘lchami va
darajalanishida, ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling