Mavzu: alangali fotometriya


Download 119 Kb.
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi119 Kb.
#231088
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Alangali fotometriya

Inam = a׳Cβnam Ineg = ∙ a ″ ∙ CVneg yoki ularning nisbatlari:

Inam a׳Cβnam a׳Cβnam ——— = ———— = ————— = ∙ Cβnam = a ∙ Cβ

Ineg a ″ ∙ CVneg a ″ ∙ CV׳nam

Bu tenglama intensivliklar nisbati ham elementning namunadagi kontsentratsiyasiga mutanosibligini ko’rsatadi. Bu miqdoriy spektral analiz usullarining asosiy tenglamasidir. Moddaning kontsentratsiyasi bilan spektr chiziqlarining intensivligi orasidagi bog’liqlik amalda etalonlar yordamida topiladi. Kimyoviy tarkiblari aniq ma‘lum bo’lgan moddalar va materiallarning namunalari etalon deyiladi. Etalonlarga quyidagi qat‘iy talablar qoyiladi: 1) tarkibi, tayyorlanishi, ishlanishi, shakli va boshqa ko’rsatkichlari boyicha etalonlar ayni xom ashyo yoki mahsulotlarning tekshirilayotgan namunalariga to’la mos kelishi kerak; 2) etalonlar o’zining kimyoviy tarkibi va tuzilishi boyicha mutlaqo bir jinsli bo’lishi lozim; 3) etalonlarning kimyoviy tarkibi turli analitik usullarda va turlicha laboratoriyalarda bir – biriga daxlsiz ravishda tekshirilgan bo’lishi kerak. Tarkibidagi aniqlanuvchi elementning miqdori turlicha bo’lgan etalonlar to’plami bo’lishi zarur. Etalonlardagi elementlar kontsentratsiyalarining oralig’i analiz qilinayotgan namunalardagi kontsentratsiyalar oralig’iga teng yoki undan ozgina ortiqroq bo’lishi kerak. Fotografik usul. Hozirgi kunda qayd qilishning fotografik usuli eng ko’p qo’llanuvchi usullardandir. U emission miqdoriy analiz uchun zarur bo’lgan qator afzalliklarga ega: 1) ko’p sonli elementlarni bir vaqtning o’zida aniqlash mumkin; 2) butun ekspozitsiya davomida spektr chiziqlari intensivliklarini o’rtachalashtirish mumkin; 3) analizning juda sezgir bo’lishi ta‘minlanadi. Bulardan tashqari, fotografik qayd etishda bir tekshiriluvchi ob‘ektdan ikkinchisiga o’tishda asbobni qaytadan moslash mutlaqo talab etilmaydi. Darajalash grafiklari. Tekshiriluvchi elementning kontsentratsiyasi va spektr chiziqlarining intensivliklari yoki ularning qorayishi orasidagi tajriba yo’li bilan topilgan bog’liqlikni turli usullar bilan ifodalash mumkin. Ulardan eng qulayi grafik usuldir. Abstsissalar o’qiga kontsentratsiya logarifmini, ordinatalar o’qiga esa intensivlik logarifmini qoyib chiziqli grafik olinadi, uning tenglamasi quyidagicha: Lg I = lg a + b lg C

Yutish spektrlari boyicha miqdoriy molekulyar analiz tekshirilayotgan namunaning optik zichligini tekshiriluvchi modda kontsentratsiyasi va yutuvchi qatlam qalinligi bilan bog’lovchi Buger – Lambert – Ber qonunidan foydalanishga asoslangan. Qonunning matematik ifodasiga molyar yutilish koeffitsenti kiradi, u mazkur to’lqin uzunligidagi nurning moddaga yutilish darajasini tavsiflaydi.

Tekshiriluvchi moda har bir yutish polosasining maksimumida molyar yutish koeffitsenti muayyan qiymatga ega bo’ladi:



Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling