Mavzu: Aldegid, ketonlarni olinishi va xossalarini o`rganish


Download 124 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1400608
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LABORATORIYA 12


LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 12.


Mavzu: Aldegid, ketonlarni olinishi va xossalarini o`rganish.




Aldegid va ketonlarni olinishi.


Mashg`ulotning maqsadi: talabalarga aldegid, ketonlarni olinishi va xossalarini o`rganish bo`yicha amaliy tushunchalar berish.

Asbob va idishlar: probirkalar, probirka tutgich, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, qisqich, teshikli probkalar, filtr qog‘oz, chinni kosacha, suv hammomi, pinset, gaz o‘tkazish nayi o‘rnatilgan probka, kinoplyonka bo‘lagi, yog‘ yoki bo‘yoq tekkan mato parchasi.
Reaktivlar: kumush oksidining ammiakdagi eritmasi, formalin, metil, etil, propil spirtlar, mis sim, o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasi, mis sulfatning 5 % li eritmasi, 2 n.li va kons. sulfat kislota, quruq kaliy bixromat, bromli suv, fenolftalein eritmasi, ammiak (kons.), kumush nitratning 0,1 n. eritmasi, atseton, suvsiz natriy atsetat yoki kalsiy atsetat, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, kons. Xlorid kislota, natriy nitroprussid (1 %), bromning uglerod (IV) xloriddagi 3 % li eritmasi, gidroksilamin gidroxlorid, suvsiz natriy karbonat, natriy bisulfitning to‘yingan eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:
1-tajriba. Spirtlarni degidrogenlab aldegidlar olish.
Ikkita probirka olib, biriga 3 ml metil spirti, ikkinchisiga 3 ml etil spirti quying va ularning har biriga 2 ml dan suv qo‘shing. Ikkita mis sim olib, probirkalarning ichiga kiradigan spiral qilib o‘rang. Probirkalarning og‘ziga mos keladigan o‘rtasida teshigi bor probkalarga mis simlarning yuqori qismini o‘tkazing. Mis simning spiral qismini cho‘g‘languncha qizdiring va tezda probirkadagi metil spirtining tubigacha tushiring. Probirkaning og‘zini zich qilmasdan probka bilan berkiting. Ushbu reaksiyani etil spirti bilan takrorlang. Probirkalarni sovuq suv bilan sovuting va hidlab ko‘ring. Qanday o‘zgarish seziladi. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Olingan moddalardan keyingi tajribalarda foydalaning.



Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling