Mavzu: Aldegid, ketonlarni olinishi va xossalarini o`rganish
-tajriba. Atsetonni bromlanishi
Download 124 Kb.
|
LABORATORIYA 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-tajriba. Atsetonni natriy gidrosulfit bilan ta’siri.
5-tajriba. Atsetonni bromlanishi.
(Tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi!). Probirkaga 0,5 ml bromning uglerod (IV)-xloriddagi eritmasidan quyib, unga ikki tomchi toza atseton qo‘shing. Aralashmani biroz isiting. Brom eritmasining rangsizlanishiga e’tibor bering. Eritmadan bir tomchi olib, filtr qog‘oz ustiga tomizing va biroz qoldiring. olib, filtr qog‘ozga tomizing va biroz qoldiring. Qog‘ozda qolgan suyuqlikni hidlab ko‘ring (Ehtiyot bo‘ling! Bromatseton ko‘zdan yosh oqizish xossasiga ega). Probirkada qolgan bromatsetonga ishqor eritmasidan ta’sir ettiring. α-galoid ketonlarda ham ko‘zdan yosh oqizish xususiyati kuchli. 6-tajriba. Atsetonni natriy gidrosulfit bilan ta’siri. Probirkaga 2 ml atseton soling va unga 3 ml natriy gidrosulfit eritmasidan qo‘shib, muzli suvda sovutilgan holda chayqating (Laboratoriyada natriy gidrosulfti bo‘lmasa, uni quyidagicha tayyorlash mumkin: teng miqdorda natriy gidrokarbonat bilan natriy karbonat kristallgidrati-Na2CO3·10H2O aralashtirib, kristallar botar-botmas qilib suv qo‘shing va aralashmaga kristallar to‘la erib ketguncha sulfit angidrid yuboring. Ko‘kimtir rangli eritma hosil bo‘ladi). Kristall hosil bo‘lmasa probirka devorlarini shisha tayoqcha bilan ishqalang va oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Kristallar ustidagi eritmani boshqa idishga quyib olib kristallarni filtr qog‘oz orasida quriting. A) kristallardan bir nechta bo‘lak olib ikkita probirkaga soling, bittasiga konsentrlangan xlorid kislota, ikkinchisiga ishqor eritmasidan qo‘shing va probirkalarni qizdiring. Har ikkala probirkadan ham atseton hidi kelishiga e’tibor bering. B) Probirkaga bir dona kristall bo‘lagini solib qizdiring. Atseton hidi chiqishiga e’tibor bering. Bisulfit birikmalar oson kristallangani uchun aldegidlar va ketonlarni boshqa moddalardan ajratishda bisulfit hosil bo‘lishidan foydalaniladi. Buning uchun aralashmaga natriy bisulfit qo‘shiladi. Bunda karbonil birikma cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma ajratib olinib, ishqor yoki kislota ishtirokida qizdirilsa, dastlabki aldegid yoki keton hosil bo‘ladi. Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling