Mavzu: Aldegid, ketonlarni olinishi va xossalarini o`rganish


Download 124 Kb.
bet3/6
Sana29.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1400608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LABORATORIYA 12

Xulosa va ish natijalari:
Olib borilgan tajribalarni kuzatish orqali tegishli reaksiya tenglamalarini yozib tajribalarga xulosa yasang.
Aldegidlar va kеtonlarning xossalarini o`rganish.


Ishdan maqsad: aldegidlar va kеtonlarning xossalari to`g`risida olingan nazariy bilimlarni amalda tajribalar o`tkazish orqali mustahkamlash.

Asbob va idishlar: probirkalar, probirka tutgich, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, qisqich, teshikli probkalar, filtr qog‘oz, chinni kosacha, suv hammomi, pinset, gaz o‘tkazish nayi o‘rnatilgan probka, kinoplyonka bo‘lagi, yog‘ yoki bo‘yoq tekkan mato parchasi.


Reaktivlar: kumush oksidining ammiakdagi eritmasi, formalin, metil, etil, propil spirtlar, mis sim, o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasi, mis sulfatning 5 % li eritmasi, 2N li va kons. sulfat kislota, quruq kaliy bixromat, bromli suv, fenolftalein eritmasi, ammiak (kons.), kumush nitratning 0,1 N eritmasi, atseton, suvsiz natriy atsetat yoki kalsiy atsetat, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, kons. xlorid kislota, natriy nitroprussid (1 %), bromning uglerod (IV) xloriddagi 3 % li eritmasi, gidroksilamin gidroxlorid, suvsiz natriy karbonat, natriy bisulfitning to‘yingan eritmasi.


Ishni bajarish tartibi:
1-tajriba. Aldegid guruhga xos reaksiyalar.
Avvalgi tajribada hosil qilingan chumoli aldegiddan uchta probirkaga 1 ml dan soling. Birinchi probirkaga kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan 1 ml qo‘shib qizdiring. Birozdan keyin probirka devorlarida oq yaltiroq kumush “ko‘zgu” hosil bo‘lishini kuzating (reaksiya yaxshi yaiqishi uchun probirkani dastlab ishqor eritmasi bilan yuvib, distillangan suvda yuvish kerak). Ikkinchi probirkaga o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasidan 1 ml soling va unga zangori rangli cho‘kma hosil bo‘lguncha mis sulfatning 5 % li eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Aralashmani ehtiyotlik bilan qizdiring. Cho‘kmaning dastlab sariq, keyin qizil rangga o‘tishiga, probirka devorlarida kumush “ko‘zgu” hosil bo‘lishiga e’tibor bering.
Uchinchi probirkaga fuksinsulfat kislota (0,025 gr fuksin 25 ml suvda eritiladi va eritma rangsizlanguncha sulfit angidrid bilan to‘yintiriladi. Reaktiv og‘zi yaxshi bekiladigan qoramtir idishda saqlanadi) eritmasi (Shiff reaktivi) dan bir necha tomchi tomizing. Pushti-binafsha rang hosil bo‘lishini kuzating.
Ikkita probirkaning biriga chumoli, ikkinchisiga sirka aldegid eritmasidan 0,5 ml dan quying. Eritmalarga 5 tomchidan yodning kaliy yiodiddagi eritmasidan tomizing va rang yo‘qolguncha o‘yuvchi natriyning 2N li eritmasidan qo‘shing. Yodoformning sariq rangli cho‘kmasi hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kma hosil bo‘lmasa probirkalarni qizidiring.
Chumoli aldegidi yodoform hosil qilmaydi. Chunki unda yodoform hosil qiluvchi guruh mavjud emas. U faqat chumoli kislotasigacha okisdlanadi. Yuqoridagi a va b tajribalarni sirka aldegidi uchun ham qilib ko‘ring.






Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling