2-tajriba. Etil spirtini oksidlab sirka aldegidi olish.
Probirkaga 0,5 gr kaliy bixromat solib unga unga 2 ml 2 n li sulfat kislota va shuncha hajm etil spirti qo‘shing. Aralashmani ehtiyotlik bilan qizdiring va hidlab ko‘ring. Eritma bilan aldegidlarga xos reaksiyalar qilib ko‘ring.
3-tajriba. Atsetonni olinishi va xossalari.
Quruq probirkaga 0,1 gr suvsiz natriy atsetat (agar laboratoriyada tayyor atseton bo‘lmasa, reagentlardan ko‘proq oling) solib, probirkani gaz o‘tkazish nayi o‘rnatilgan probka bilan zich berkiting. Nayning ikkinchi uchini 8-10 ml suv solingan yig‘gich-probirkaga tushiring. Tuz solingan probirkani gorizontal holatda tutib qizdiring. Atseton suvda yaxshi erigani uchun yig‘gichda eritma hosil bo‘ladi. Atsetonni o‘ziga xos hidiga e’tibor bering.
Qizdirilgan probirkani sovuting va uning ichida qolgan qoldiqqa konsentrlangan xlorid kislota tomizing. Qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
A) Atsetonning suvdagi eritmasidan probirkaga bir necha tomchi olib, unga yodning kaliy yodiddagi eritmasidan va bir necha tomchi ishqor qo‘shing. Yodoform cho‘kmasi hosil bo‘lishini kuzating.
B) Chinni kosachaga 2 ml toza atseton olib, unga gugurt chaqing. Alanganing rangiga e’tibor bering.
V) Kinoplyonka bo‘lagining ikkita uchiga atseton tekkizib, bir-biriga yopishtiring va biroz vaqt ushlab turing. Atseton bug‘langandan keyin plenka uchlari bir-biriga yopishib qoladi. Yog‘ yoki bo‘yoq tekkan matoni atsetonda ho‘llangan paxta bilan yaxshilab arting. Yog‘ va bo‘yoq dog‘ining ketganligiga e’tibor bering.
4-tajriba. Atsetoksimning olinishi.
Katta probirkada 7 ml suv, 2 gr gidroksilamin gidroxlorid tuzi va 1,5 gr suvsiz natriy karbonatni aralashtirib gomogen eritma hosil qiling. Eritmani sovuq suvda sovutib turib, 1,5 ml toza atseton qo‘shing. Gaz ajralib chiqishi tezlashishini va oq kristallar hosil bo‘lishini kuzating.
Cho‘kma ustidagi eritmani boshqa probirkaga quyib olib, kristallarni filtr qog‘oz orasida quriting. Olingan oksimni suvda, spirtda, efirda eriting va shu erituvchilarda yaxshi erishiga ishonch hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |