Reja - Tarixi
- Klassifikatsiyasi
- Mexanizmi
- Ahamiyati
- Ishlatilishi
Tarixi - Amilaza 1814 – yilda Peterburg fanlar akademiyasining a`zosi S. Kirxgof o`zining tajribalari natijasida unuvchi arpa tarkibida kraxmalni glyukozaga o`zgartiruvchi modda borligini bayon etadi. Bu modda glukoamilaza bo`lib, u dekstrinlarga ta`sir etib uni glyukozaga aylantiradi.
- 1831 – yilda Erxard Fridrix (1800 – 1837) kraxmalni gidrolizlaydigan bu fermentni ptialin deb ataydi. 1833 – yilda fransuz kimyogarlari Anselm Paen va Persolar Kirxgof usulida ajratilga ferment preparatini spirt yordamida cho`ktirib kukun holatida olish mumkinligini ko`rsatishadi. Uni diastaza (amilaza) deb nomlashadi. 1862 – yili yirik rus bioximiki A.Ya. Danilevskiy tomonidan pankreatit amilazasini tripsindan ajratib olindi. Klassifikatsiyaga 1961 – yilda kiritildi. 1905 – yilda sanoatlashtirilgan glukoamilaza ishlab chiqarish amalga oshirila boshlandi.
Klassifikatsiyasi - Amilaza grekcha “kraxmal”-fermenti degan ma’noni anglatadi, kraxmalning oligosaxaridgacha parchalanishin ta’minlab, hazm qilishda qatnashadi.
- Amilazaning 3 xil turi mavjud:
- 3-gidroloazalar sinfiga mansub
- 3.2-glikozilazalar
- 3.2.1-glikozid gidrolazalar
- K.F 3.2.1.1-Alfa-amilaza (1,4 a-D-glyukon glyukongidrolazalar)
- K.F 3.2.1.2-Beta-amilaza (1,4 a-D-glyukon maltongidrolazalar)
- K.F 3.2.1.3-Gamma-amilaza (glyukon 1,4 a-D-glyukozodaza)
Struktura shakli - Struktura shakli
- Monomer-48
- Dimer-4
- Gomodimer-3
- Tetremer-3
-
Alfa-amilaza: K.F 3.2.1.1 - 1,4-α-D-glyukonogidrolaza, glikogenaza- so’lakda topilgan va ptialin deyiladi. Bu ferment kraxmal hamda uzun zanjirli uglevodorodlarni, polisaxaridlarni gidrolizlash xususiyatiga ega. Shunday qilib, gidroliz jarayoni jadallashtiradi, har xil oligosaxaridlarni hosil qiladi. Bu ferment hayvonlarda asosiy hazm qiluvchi ferment hisoblanadi. Α-amilazaning pH-6,7-7,0 neytral. Bundan tashqari ferment o’simliklarda ham (sulida), zamburug’larda ham (aktinomiset, bazidomiset) va bakteriyalarda (Bacillus) ham topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |